254
jarohatlanishning yuqoriligi (maishiy,
transport, ishlab chiqarish) va
jarohat oqibatlaridan noodatiy chiqish;
aholining bevaqt biologik qarishi;
sog‗liqni saqlash tizimining rivojlanganligi;
hayot sifatiga ta'sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot;
ekologiya holati, tarixiy ahvol;
jamiyatning ijtimoiy agressivligining kuchayishi, siyosiy sabablar, shu
jumladan mamlakatdagi urush va nizoli holatlar.
Nogironlikning statistik ko‗rsatkichi faqatgina millat sog‗ligi va ko‗pgina
ijtimoiy
omillarga emas, balki axborotni to‗plash usullari, nogironlikni
rasmiylashtirish uchun me-yoriy-huquqiy asosga ham bog‗liq. Statistik
hisobotlardagi tafovutlarga qaramasdan epidemiologik va statistik ma'lumotlar
sog‗liqni saqlash tizimi rivojlanishidagi davlat siyosatini
aniqlash uchun xizmat
qiladi, bu faqatgina tibbiy xizmatni emas, balki ijtimoiy yordamning barcha
shakllarini qamrab oladi.
Bugungi kunda davlat va jamiyat uchun keksa yoshdagi xodimlar
ishlaydigan
tashkilot va muasasalar,shu jumladan nodavlat tashkilotlar
takomillashtirish va rivojlantirish, mavjud tuzilmalar faoliyat yo‗nalishlari va
usullarini takomillashtirish dolzarb masala sanaladi.
Jamiyat o‗zining butun tarixi davomida nogironlar bilan hal qilinishi kerak
bo‗lgan ko‗plab muammolar bilan to‗qnashgan. Insoniyatning ijtimoiy-axloqiy
o‗sishi natijasida mazkur munosabatlardagi umumiy
yondashuv va kayfiyatlar
o‗zgardi, bu nogironlar ijtimoiy hayotda qanday o‗ringa ega bo‗lishlari va
boshqalar bilan o‗zaro munosabatlarini qanday qurishlari masalalariga tegishlidir.
Jamiyat axloqi va tushunchalari tarixining taxlili shuni tasdiqlash imkonini
beradiki, bu yondashuv quyidagi shaklda o‗zgardi.
Bugungi
jamiyatda
nogironlikning
asosiy
sabablari
va
omillari
quyidagilardir:
- nochorlik;
255
- sog‗liqni saqlashning past darajada rivojlanganligi;
- noqulay va xavfli mehnat sharoitlari;
- muvaffaqiyatsiz ijtimoiylashuv jarayoni;
-qarama-qarshi me'yorlar va qadriyatlar hamda boshqalar.
O‗zbekiston zamonaviy ijtimoiy siyosatining yo‗nalishlaridan biri
nogironlarni
ijtimoiy
himoyalash,
ularni
sog‗lomlashtirish
sanaladi.
Sog‗lomlashtirish markazlarining muhim vazifalari
qatoriga nogiron bolalarga
ularning huquqlarini himoya qilish bo‗yicha ijtimoiy ko‗mak ko‗rsatish, ularning
huquqiy, tibbiy, ruhiy-pedagogik, ijtimoiy reabilitatsiyasini ta'minlash, kelgusida
o‗z hayotlarini barpo etishlari uchun yordam berish kiradi.
Nogironlik jismoniy, ruhiy, sezgi, ijtimoiy, madaniy, qonunchilik va boshqa
to‗siqlar bilan imkoniyatlarning cheklanganligi bo‗lib, nogiron insonga
jamiyatning boshqa a'zolari kabi jamiyatga integratsiyalash hamda
oila va jamiyat
hayotiga qatnishish imkonini bermaydi. Jamiyat nogiron shaxslarning muhim
ehtiyojlariga o‗z standartlarini moslashtirishi shart bo‗lib, bu ularning mustaqil
hayot kechirishini ta'minlash uchun zarurdir
Nogiron insonlar bilan qanday to‗g‗ri munosabat o‗rnatish mumkin?
Dostları ilə paylaş: