1-ma’ruza
Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari.
Reja:
1. Komputerning tarkibiy qismlari.
2. Komputer ta‘minoti va uning tarkibiy qismlari.
3. Dasturiy ta‘minot va uning turlari.
4. Tizimli dasturiy ta‘minot.
Ma’ruza matni
Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti.
1.1. Dasturli ta’minot tarkibi.
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iboratligini biz oldingi
darslarimizda aytib o‘tgan edik. Bular apparat ta‘minot (hardware) va dasturiy
ta‘minot (software)lardir.
Apparat ta’minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik
qismlari va qo‘shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot – kompyuterning ikkinchi muxim qismi bo‘lib, u
ma‘lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish
uchun zarur bo‘lgan xujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dasturiy ta‘minotsiz xar qanday
kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib koladi.
Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuter uchun tuzilgan
har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda
dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog‘liqligi yo‘qdek ko‘rinadi, ya‘ni
masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma‘lumot kiritishni va chiqarish
qurilmalariga ham ma‘lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi
kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan.
Kompyuterda, dasturiy va apparat ta‘minot, doimo uzilmas aloqada va
uzluksiz bog‘lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida ko‘rib
chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni
alohida ko‘rib chiqish shartli ekanlgini esdan chiqarmaslik kerak.
Kompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta‘minoti tuzilishini dasturiy
konfigurasiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik
qismlari orasidagi kabi o‘zaro aloqa mavjud.
Aksariyat ko‘pgina dasturlar,
quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog‘lanish
dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik
shartlar va o‘zaro aloqa qoidalariga asoslangan bo‘lsa ham, amalda u dasturiy
ta‘minotni o‘zaro aloqada bo‘lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan
ta‘minlanadi. Dastur ta‘minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi
sath oldingi sathlar dasturiy ta‘minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash
tizimining dasturlarni o‘rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatasiya qilish va
texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun
qulaydir. Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun
tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta‘minoti sathiga ega
bo‘lgan hisoblash tizimi ko‘p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli
dasturiy ta‘minotni o‘rnatishga imkon beradi, ya‘ni sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |