1-ma’ruza Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari. Reja



Yüklə 259,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.04.2023
ölçüsü259,76 Kb.
#97447
1   2   3   4   5
1-ma\'ruza

Xizmatchi dasturiy ta’minot. Bu dasturlar ham asos dasturiy ta‘minot bilan, 
ham tizimli dasturiy ta‘minot dasturlari bilan bog‘langan. Xizmatchi dasturlarning 
asosiy vazifasi (ularni utilitalar deb ham ataladi) kompyuter tizimini tekshirish
sozlash va tuzatishdan iboratdir. Ko‘p hollarda ular, tizimli dasturlarning 
funksiyasini kengaytirishga va yaxshilashga mo‘ljallangandir. Ba‘zida, bu 
dasturlar, boshidanoq OT tarkibiga kiritilgan bo‘lishi mumkin, ba‘zida esa ular OT 
funksiyasini kengaytirishga xizmat qiladi. 
Kompyuterning apparat va dasturiy ta‘minoti orasida bog‘lanish qanday 
amalga oshiriladi? 


Avvalo ular orasidagi bog‘lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz 
lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish — bu, 
apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish esa — dasturiy interfeys
apparat qismlari va dasturlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish — apparat — dasturiy 
interfeys deyiladi. 
Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda 
uchinchi ishtirokchini, ya‘ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda to‘tish lozim. 
Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan muloqotda 
bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o‘zaro muloqoti — 
foydalanuvchi interfeysi deyiladi. 
Endi kompyuterning dasturiy ta‘minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha 
dasturiy ta‘minotlarni uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin: 
— sistemaviy dasturiy ta’minot; 
— amaliy dasturiy ta’minot; 
— dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. 
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) — kompyuterning va 
kompyuter tarmoqlarining ishini ta‘minlovchi dasturlar majmuasidir. 
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir 
predmet sohasi buyicha ma‘lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan 
dasturlar majmuasidir. 
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni 
ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat 
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo‘lib xizmat qiladi, 
ya‘ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), 
saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan. 

Yüklə 259,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin