1-ma’ruza Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari. Reja



Yüklə 259,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix13.04.2023
ölçüsü259,76 Kb.
#97447
1   2   3   4   5
1-ma\'ruza

1.2. Sistemali dasturli ta’minot. 
Sistemaviy dasturiy ta‘minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan: 
— kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini 
ta‘minlash; 
— kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va 
profilaktika ishlarini bajarish. 
Sistemaviy dasturiy ta‘minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) 
dasturiy ta’minot va yordamchi(xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. 
Asosiy dasturiy ta‘minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat 
ko‘rsatuvchi dasturiy ta‘minot alohida, qo‘shimcha tarzda olinishi mumkin. 
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) — bu, kompyuter ishini 
ta‘minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat. 
Ularga quyidagilar kiradi: 
— operasion tizim (OT); 


— tarmoq operasion tizimi. 
Yordamchi(xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy 
ta‘minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muxitini 
(interfeysni) qulayrok tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, 
kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta‘minlovchi va 
boshqa dasturlardir. 
Shunday qilib, sistemaviy dasturiy ta‘minotni sxematik ravishda quyidagicha 
tasvirlash mumkin. 
Operasion tizim (OT). Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu 
dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi urinlar va xokazo) 
boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa 
dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. 
OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan 
qulay muloqotni(interfeysni) ta‘minlaydi. 
Drayverlar. Kompyuter qurilmalari bilan OS o‘rtasidagi aloqani o‘rnatib 
berivchi maxsus dasturlardir. Ular OT imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, 
kompyuterning kiritish — chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar 
va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga 
yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda 
foydalanish mumkin. 
Xozirgi davrda ko‘plab OTlar mavjud: 
— UNIX; 
— MS DOS; 
— OS/2; 
— WINDOWS 95; 
— WINDOWS NT; 
— WINDOWS 98; 
Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. Kompyuter tarmoqka 
ulanishi bilan prosessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab 
bo‘lmagan dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o‘xshash tilni qo‘llovchi, 
ya‘ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur 
yozilgan bo‘lar edi. Ushbu til buyruqlarini urganish uchun bir necha soat kifoya 
qilar, so‘ngra kompyuterga uncha murakkab bulmagan dasturlarni kiritish va ular 


bilan ishlash mumkin bular edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni 
xam yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta, LOAD buyrug‘i kifoya edi, 
xolos. 
Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo‘lgan zaruriyat paydo buldi. 
Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin 
murojaat etish mumkin. 
Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operasion 
tizim ishlab chikildi va u disk operasion tizimi (DOT) deb nom oldi. 
DOT nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, 
ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo‘lgan paytda fayllarni 
o‘chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko‘chirish (nusxa olish) kabi 
ishlarni xam bajara oladi. 
Har bir yangi paydo bo‘layotgan OT kompyuterning tezkor xotirasidan 
yanada yaxshi, unumlirok foydalana oladi va yanada quvvatli prosessorlar bilan 
ishlay oladi. 
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operasion tizimi MS 
DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo‘lgan rivojlanish 
bosqichlarini bosib o‘tdi. 
MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta‘minoti o‘rtasidagi 
«vositachi» bo‘lib xizmat qildi. Shuning bilan birga u insonga qaraganda 
kompyuterga yaqinrokdir. 
Kompyuterni ta‘mirlash va o‘nga xizmat ko‘rsatish 
bo‘yicha ko‘pgina ishlar xam MS DOSda bajarilar edi. 
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98 lar grafik interfeysli OTlar 
hisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliklar, belgilar) 
yordamida muloqot qilish imkonini beradilar. 
Tarmoq OT. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkaxol va birgalikda 
ishlashini ta‘minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT— tarmoq 
operasion tizimi deb ataladi. 
Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma‘lumotlarni 
ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. 
Asosiy dasturiy ta‘minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan xizmat 
ko‘rsatuvchi dasturlar to‘plami to‘ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko‘pincha 
utilitlar deb atashadi. 
Utilitlar — bu, ma‘lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operasiyalarni 
bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy 
vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) 
mo‘ljallangan dasturlardir. 

Yüklə 259,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin