34
Tolalar bir tekis qatlamda bir-biriga parallel holda shunday taxlanadiki, bunda
mikroskop ostida qaralganda ko’rilgan qismda paxta tolasi 40-50 ta atrofida bo’lishi
kerak. Ko’rilgan paxta tolalarining umumiy soni 300-400 dan kam bo’lmasligi kerak.
Har bir tola joylangan predmet oynachasini ketma-ket qutblantirgich uskuna
stoliga mahkamlanadi.
Paxta tolalari kesishgan qutblantirgichlarda ko’riladi. Bunda ko’rinish
qismdagi qutblangan yorug’likda kristall plastinkalari qizil rang asosini ta’minlaydi
va pishib etilganligiga qarab har xil interferension bo’yalgan paxta tolalari ko’riladi.
Paxta tolasining pishib etilganlik darajasi uning
keng qismidagi eng past
interferension bo’yalishi asosida aniqlanadi.
4-rasmga binoan paxta tolasining qutblangan yorug’likda bo’yalishi, to’rtta
pishib etilganlik guruhiga bo’linadi.
4-rasm.
Dostları ilə paylaş: