32
1.
Paxta tolasining chiqishi qaysi omillarga bog'liq?
2.
Tola chiqishi tolalik indeksiga qay darajada bog'liq?
3.
Chigit vaznini aniqlashdan maqsad nima?
4.
Paxta chigiti vaznining yuqori yoki yengil bo'lishi qaysi omillarga bog'liq?
11-mavzu: Tolaning pishib etilganligini aniqlash usullari (4-soat)
Darsning maqsadi:
Tolaning pishib etilganligini qutblangan yorug’lik hamda
namunaning havo o’tkazuvchanligi bo’yicha aniqlashni o'rgatish.
Ushbu standart paxta tolasiga joriy qilinadi va pishib etilganligini aniqlashning
quyidagi usullarini belgilaydi:
- qutblangan yorug’lik bo’yicha;
- namunaning havo o’tkazuvchanligi bo’yicha.
Paxta tolasi pishib etilganligi ko’rsatkichi bo’yicha, qabul qilish va etkazib
berishda sinash usuli uning havo o’tkazuvchanligi hisoblanadi.
Pishib etilganlikni qutblangan yorug’lik bo’yicha aniqlash usuli asosan
standart namunalarni attestasiyalash va graduirovka ishlarida, zarur bo’lganda arbitraj
sinashlarda qo’llaniladi.
Ushbu standart talablari majburiy hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: