O`zlashtirish uchun savollar.
1. Qutblangan yorug'lik deganda nimani tushinasiz?
2. Havo o'tkazuvchanlik deganda nimani tushinasiz?
3. Tolaning pishib etganligini aniqlashning qanday usullarini bilasiz?
4. Agrotexnik tadbirlarning tola sifatiga tasirini tushintirib bering?
12-mavzu. Tolaning solishtirma uzilish kuchini aniqlash usullari (2-soat)
Darsning maqsadi: talabalarga tolaning solishtirma uzilish kuchini
dinamometrda yassi tutamli tolalarni uzish bilan va namunaning havo
o'tkazuvchanligi bo'yicha solishtirma uzilish kuchini aniqlash usulini o'rgatish.
Paxta tolasining solishtirma uzulish kuchini aniqlashning quyidagi usullari
mavjud:
- dinamometrda yassi tutamli tolalarni uzish bilan solishtirma uzilish kuchini aniqlash
usuli.
- namunaning havo o'tkazuvchanligi bo'yicha solishtirma uzilish kuchini aniqlash
usuli.
Paxta tolasini yetkazib berish va qabul qilishda solishtirma uzilish kuchini
aniqlash, o'z-o'zidan kuygan paxta tolasidan tashqari, namunaning xavo
o'tkazuvchanligi bo'yicha aniqlash usuli xisoblanadi.
Dinamometrda yassi tutamlarni uzish bilan solishtirma uzilish kuchini aniqlash
usuli graduirovka ishlari, standart namunalarni attestasiyalash va zarur bo'lgan
arbitraj sinashlar o'tkazishda qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |