Tolaning metrik nomeri:
666667 666667
N
m
= ---------- + ----------- = 5155
S 129,3
Tolaning pishib yetilganligini namunaning havo o’tkazuvchanligi bo’yicha
aniqlash usuli.
Paxta tolasining birlashtirilgan namunasining har joyidan massasi 50 gr dan
kam bo’lmagan tola ajratib olinadi va analizatordan o’tkaziladi.
Tozalangan va titilgan paxta tolasidan to’rtta namuna ajratiladi. Har bir
namunani sinash uchun turli joydan olingan alohida to’plamlar bilan emas, balki bir
joydan butun olinadi. Namuna tanlab olishda va o’lchashda tolani qo’l bilan
zichlashtirishga yo’l qo’yilmayli.
O’lchash uchun har bir namunaning massasi tasdiqlangan qo’llanmaga
muvofiq g’o’zaning seleksion naviga qarab belgilanadi.
Namuna massasini o’lchash xatoligi –10 mg dan ko’p bo’lmasligi kerak.
LPS-4 qurilmasida o’lchash bajarilayotganda tayyorlangan tola ketma-ket
asbobning ishchi kamerasi ichida bir xil tekis joylashtiriladi. Kamera qopqog’i zich
qilib berkitiladi, ventilyator ishga tushiriladi va drosselni tutqichi yordamida asbobga
40
o’ng manometrning 98 da Pa (100 mm suv ustuni) bo’yicha kerakli miqdorda havo
beriladi.
O’ng manometrning shkala ko’rsatkichlari kerakli qiymatlarga etganda
berilgan tola namunasi uchun asbobdagi havoning siyraklashtirish kattaligini
aniqlaydigan chap manometr shkala ko’rsatkichi yozib olinadi (mm suv ustunida).
Shkala bo’limlarining o’ng va chap manometrlar naychalaridagi suv ustunining
pastdagi meniskasi bo’yicha qilinadi. Shunday tartibda qolgan namunalar o’lchanadi.
Dostları ilə paylaş: |