Pressli qisqichli dinamometrda yassi tutamli tolalarni uzish usuli. Yakuniy
da 10 igna) taraladi va pressli qisqichlariga joylab tolalarni qisqichdan chiqib turgan
blok qisqich ushlagichdan olinadi va xama tolalar uzilishda ishtirok etilganligi
tekshiriladi. Agar xama tolalar uzilishda ishtirok etmasa, yoki qisqichlarga nisbatan
burchak ostida notekis uzilgan bo'lsa, ushbu tajriba noto'g'ri xisoblanadi. So'ngra blok
qisqichga o'rnatiladi. Kalit bilan yuqori va pastki qisqichlar vintlar bo'shatilib,
45
traversiya yuqoriga ko'tariladi. Pinsent yordamida uzilgan taramchalarni avval
birinchi yarmini, so'ngra ikkinchi yarmi chiqarib olinadi, va vaqtincha ikkita buyum
oynachalari orasiga joylanadi. Barcha taramchalar uzib olingandan so'ng, uzilgan
bo'laklar birga taxlanadi va GOST 10681 bo'yicha klimatik sharoitda 1 soat davomida
saqlab vazni o'lchanadi. Massa qiymati 0,05 mg aniqlikda yoziladi. Yassi tutamlarni
riflen qisqichli dinamometrlarda uzish usuli. Namuna plitasidan bo'yiga ikkita
namuna qismi ajratib olinadi. Birinchi qismi 1-jadvalga muvofiq dinamometrda
tajriba o'tkazish uchun, ikkinchisi chiziqli zichlikni va 1 mg dagi tolalar sonini
aniqlash uchun.
17-jadval.
Paxta tolasining uzunligi
Uzilish kuchini aniklash uchun tortim
massasi, mg
35,1 gacha
50-60
35,2-45,1
60-70
45,2 va yukori
70-80
Xar bir namuna qismidan ko'lda qisqich va tayanchli, duxoba qoplangan
taxtacha yordamida bir tomoni tekis bo'lgan taram tayyorlanadi va taroq yordamida
taraladi. Tayyorlangan birinchi taram 10 ta katta bo'lmagan taramchalarga xar bir
taramchaga barcha uzunlikdagi tolalar kirishi va bu taramchalarning uzilish kuchi
1500-2000 gk dan kam bo'lmaydigan qilib bo'linadi. Qisqichga taramni o'rnatishdan
avval taram yana bir marta to'g'irlanadi. Bunda tolani chiqib ketishiga yo'l
qo'yilmaydi. Barcha 10 ta taramchalar birin ketin yuqori qisqichga o'rnatiladi.
Taramchalarni tekis tomoni bilan yuqori qisqichga joylashtirish o'lchamlari 18–
jadvalga muvofiq bajariladi.
18- jadval
Paxta tolasining uzunligi, mm
Yuqori qisqichga taramning o'rnatish
o'lchami, mm
35,0
8
35,2-45,1
10
45,2 va yuqori
13
Taramchani ikkinchi uchi pastki qisqichga tolalar bir xil tortilib siqiladi.
Uzilgan taramchalar GOST 10681 bo'yicha standart klimatik sharoitda 1 soat
davomida saqlanadi va massasi o'lchanadi. Massa qiymati 0,05 mg aniqlikda
yoziladi.
Namunaning solishtirma uzilish kuchini xavo o'tkazuvchanlik bo'yicha
aniqlash LPS-4 qurilmasida bajariladi.