O'LCHASH SHAROITI.
Namunalarni sinashdan avval GOST 10681 bo'yicha standart klimatik
sharoitda, xarakatdagi havo oqimi ostida 4 soat yoki 12 soat davomida xarakatsiz
havo oqimi ostida yoki namuna massasi o'zgarishi 2 soat ichida 0,25% dan oshmagan
xollarda undan kam vaqt davomida saqlanadi.
LPS-4 qurilmasi tajriba o'tkazishdan avval namuna Uz RST 618 bo'yicha
klimatik sharoitda saqlanadi.
O'LCHASHGA TAYYORGARLIK.
Dinamometrdan foydalanish shart sharoitlariga muvofiq tekshirish va standart
namunalarda nazorat sinovlari o'tkazib ko'rsatkichlarni aniqlash tavsiya etiladi.
Agar solishtirma uzilish kuchini standart namunalarning ruxsat etilgan
me'yorlardan yuqori bo'lgan takroriy xatosi mavjud bo'lsa, sinov natijalariga maxsus
to'g'irlov koeffisiyenti belgilash ruxsat etiladi. To'g'irlov koeffisiyenti L – standart
namuna solishtirma uzilish kuchining me'yorlangan kattaligini dinamometrda
olingan xaqiqiy solishtirma uzilish kuchiga nisbatiga teng. To'g'irlov koeffisiyenti
aniqlash belgilangan tartibga ko'ra tasdiqlangan qo'llanmaga muvofiq aniqlanadi.
Bunda dinamometr tekshiruv qo'llanmasi bo'yicha belgillangan texnik va
metrologik ko'rsatkichlarga muvofiq kelishi kerak.
Sinash uchun namuna Uz RST 604 yoki Uz RST 614 bo'yicha tanlab olinadi.
Dostları ilə paylaş: |