Paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


Nuqtadan olingan va birlashtirilgan namunalarni tanlab olish



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/58
tarix30.03.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#54418
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
pAXTA LAB YA

Nuqtadan olingan va birlashtirilgan namunalarni tanlab olish. 


28 

 

 



Toylanmagan  paxta  tolasining  nuqtasidan  olinadigan  namunalarni  paxta 

zavodlarida qo'l yoki namuna olgich bilan kondensor  lotogidan tola qatlamining xar 

xil  qalinlikdagi  joylaridan  toylanguncha  yoki  tolani  toylash  jarayonida  olinadi. 

Nuktadan olingan namunaning massasi 100- 150 gr atrofida bo'ladi.  Olingan 

paxta 

tolasining namunalari namligi saqlanadigan qilib,  qopqog'i 



zich 

berkitiladigan 

idishlarga solinadi. 

 

Agar  paxta  tolasining  namligini  aniqlash  mo'ljallanmagan  bo'lsa,  nuqtadan 



olinadigan namunalar boshqa qopqoqsiz  idishlarga xam solinsa bo'ladi.  

 

Toylangan  paxta  tolasi.  -  Toyning  markalangan  qismini  buzmagan  xolda 



qavariq tomonidagi ikki tasma oralig'idan o'rama mato kamida 20 –25 sm uzunlikda 

qirqiladi.  Agar  muayyan  sharoitda  mumkin  bo'lsa,  va  ruxsat  etilsa,  namuna  oson 

olinishi uchun bir yoki bir nechta tasma yechiladi. Paxta tolasining yuqori qatlamidan 

1-2 sm olib tashlanadi. Qo'l yordamida yengil o'rilib, massasi 100 gr bo'lgan, kengligi 

10-12  sm  li  qatlam  ko'rinishida  nuqtadan  olinadigan  namuna  olinadi.  Nuqtadan 

olingan  namuna  orasiga  zavod  kodi  (lozim  bo'lsa),  to'da  va  toyning  tartib  raqami 

ko'rsatilgan  yorliq  qo'yiladi.  Xar  xil  toylarning  nuqtalaridan  olingan  namunalar  

qatorlatib,  o'rov  qog'ozga  bir  qavat  qilib  qo'yiladi  va  xammasi  bir  o'ramga  o'ralib, 

ustiga zavod kodi va to'da tartib raqami yoziladi.  

 

Namlikni  aniqlash  uchun  nuqtadan  olinadigan  namunalar  qopqog'i  zich 



bekitiladigan idishlarga solinadi . 

 

Paxta zavodlarida nuqtadan olinadigan namunalarni toyning qavariq tarafining 



chetidan  (bo'rtgan  joyidan)  toylangandan  so'ng  olishga  ruxsat  etiladi.  Bu  xolda 

toyning o'rami  buzilmaydi .    

 

 

-  Agar  yetkazib  berish  shartining  boshqa  talablari  aniqlanmagan  bo'lsa, 



nuqtadan olinadigan namunaning soni va toylar bo'yicha taxlab olish tartibi Uz RST 

604 – 93 ga ko'ra bajariladi. 

-  Birlashtirilgan  namunaning  massasi  1  kg  dan  kam  bo'lmasligi  kerak. 

Namlikni  aniqlash  uchun  200  gr  dan  kam  bo'lmasligi  kerak.  Toylangan  paxta 

tolalarining  namligini  aniqlashda  kelishmovchilik  kelib  chiqsa,  toylar  to'liq  ochilib 

ikkita birlashtirilgan namuna olinadi. 

Xar bir muljallangan toylarning o'rtasidan: birinchi - yuqori qavati olingandan 

so'ng, 3-5 sm chuqurlikda toy massasining 30 % dagi o'rtacha namlikni tavsiflaydigan

ikkinchisi  –  20  sm  chuqurlikda  toy  massasining  70  %  dagi  o'rtacha  namlikni 

tavsiflaydigan namunalar nuqtalardan olinadi. 

 


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin