bilan solishtirib, nuqtadan olinadigan namunalarning bir xilligi aniqlangandan so'ng
tanlab olinadi. Agar paxta tolasining sifati nuqtalardan olingan turli namunalarda xar
29
xil bo'lsa, sinash uchun namunalar nuqtadan olingan bir xil namunalarning xar bir
guruxidan aloxida tanlab olinadi. Nuqson va iflos aralashmalarning massaviy ulushi,
xamda mikroneyr ko'rsatkichi uchun namuna, nuqtadan olingan namuna ikki
tarafining xar xil joyidan olingan bir xil tutamdan tashkil topadi. Sinash uchun
olingan namunalarning massasi va soni qo'llaniladigan sinash usuli bo'yicha
belgilanadi. Paxta tolasining shtapel massa uzunligi, chiziqli zichligi, pishib
yetilganligi va solishtirma uzilish kuchi ko'rsatkichlarini tekshirish uchun namuna,
nuqtadan olingan namunalarning ikki tarafidan olinadi. Xammasi bo'lib, umumiy
massasi 4-5 gr bo'lgan 16-20 tutam paxta tolasi olinadi.
Olingan qismdan nuqsonlar va iflos aralashmalar olib tashlanadi va uni to'rtta
bo'lakka bo'ladi. Namuna piltasini tayyorlash uchun xar bir bo'lak ketma-ket PPL
asbobidan o'tkazilib, tortib tekislanadi. Birinchi, ikkinchi nav paxta tolalari tortib
tekislash asbobi PPL dan kamida uch marta, uchinchi, to'rtinchi va beshinchi nav
paxta tolalari esa kamida besh marta o'tkaziladi. So'ngra xar bir pilta kundalang teng
ikki bo'lakga bo'linadi. Xar bir piltaning bir bo'lagidan iborat to'rtta bo'lak ikkitadan
ustma ust qo'yiladi va tortib tekislash asbobi PPL dan 3-5 marta o'tkaziladi. Piltaning
qolgan bo'laklari tashlab yuboriladi. Yangi olingan ikki pilta xam yana ikkiga
bo'linali. Xar bir piltaning bir bo'lagidan iborat ikki bo'lak ustma ust qo'yilib, yana
tortib tekislash asbobi PPL dan 3-5 marta o'tkaziladi. Piltaning qolgan bo'laklari
tashlab yuboriladi . PPL asbobining tortib tekislovchi valiklar orasidagi masofa paxta
tolasining uzunligiga qarab, 1- jadvalga muvofiq belgilanishi kerak. Namuna piltasi
tarkibida tugunchalar va kombinoasiyalashgan tugunchalar bo'lmasligi kerak.
Paxta tolasining klassifikator uzunligi, mm_PPL asbobining tortib tekislovchi
valiklari orasidagi masofa, mm__26,1 gacha, Paxta tolasining uzunligi +3__26,2 dan
– 32,1 gacha, Paxta tolasining uzunligi +4__32,2 va undan yuqori__Paxta tolasining
uzunligi +5__
Yakuniy pilta tayyorlash uchun namuna piltasi bo'ylab massasi 190 – 200 mg
bo'lgan qism ajratiladi, bu qism tolalarning chigallarini yozgan va tekislagan xolda
sinchiklab tekshirilgan paxta tolalarining yaxshi parallellanishi maqsadida tortib
tekislash asbobi PPL dan o'tkaziladi.
Olingan 175-180 mg massaga ega bo'lgan yakuniy piltaning kengligi 25 mm
dan oshmasligi kerak.
- Paxta tolasini klassyor usulda va HVI sistemasida halqaro standartlar bo'yicha
sinash uchun nuqtadan olingan namuna ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: