XII. YoShLAR UChUN QO‘ShIMChA imtiyozlar va KAFOLATLAR
12.1. Kollejinning ishida va rivojlanishida yosh mutaxassislar ishtiroki samarasini yanada oshirish xamda yoshlarni ijtimoiy himoya masalasi yechimini topish maqsadida:
- Xalqaro mehnat tashkilotining 138 va 182-Konvensiyalariga binoan ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshga rioya etish xamda bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash yuzasidan aniq maqsadga yo‘naltirilgan ish olib borildi;
- yoshlar bilan ishlash bo‘yicha kompleks dastur va uni amalga oshirish tadbirlari ishlab chiqildi;
- yosh mutaxassislar kengashi tuzildi;
- yosh oilalar a’zolari bo‘lmish xodimlarga har taraflama yordam ko‘rsatildi.
12.2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etilib va imtiyozlar berib kelindi:
a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xoldimlar uchun (135, 143, 144, 202, 203, 214, 239, 240, 241, 242, 243, 244, 245, 246-moddalar);
b) ishni ta’lim bilan birga ko‘shib olib borayotgan xodimlar uchun (103, 143, 144, 249, 250, 251, 252, 253, 254, 255, 256, 257-moddalar);
v) ta’lim muassasalarini bitirgan xodimlar uchun (68, 103-moddalar).
12.3. Ishga kelgan yosh mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan eng kam ish xaqining bir baravari miqdorida bir martalik to‘lov berildi.
12.4. Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘kib, o‘kuv rejasini bajarayotgan 2 nafar xodimga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilanganiga qo‘shimcha imtiyozlar berildi.
XIII. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISh
13.1. Bahslashuvlar o‘zaro ishonch va hurmat bilan, O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari asosida hal etildi.
13.2. Yakka tartibdagi mehnat nizolari va ziddiyatlarni ko‘rib chiqish uchun 6 nafar a’zodan tashkil topgan (har tarafdan uchtadan) ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan mehnat nizolari komissiyasi tuzildi.
XIV. IJTIMOIY ShERIKLIK. KASABA UYuShMASI FAOLIYaTINING KAFOLATLARIGA RIOYa ETILIShI
14.1. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘zaro munosabatlarida ijtimoiy sherikchilik, hamkorlik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish tamoyillariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga amal qildilar.
14.2. Ish beruvchi Kollejida xodimlarning yagona vakillik organi sifatida Kasaba uyushmasi qo‘mitasini tan oldi.
14.3. Kasaba uyushmasi a’zolarining yozma arizalari asosida kasaba uyushmasi a’zolik badallari Kolleji buxgalteriyasi orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanib borildi.
14.4. Ish beruvchi:
a) jamoa shartnomasiga kirmagan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishdan oldin Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan oldindan kelishib olish amallarini ko‘rdi;
b) Kasaba uyushmasi qo‘mitasi talab qilganda unga mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etib bordi;
14.5. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi:
a) Kollejning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish dasturlarini bajarilishiga ko‘maklashish, bu borada xodimlar tashabbusi va ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
b) ish xaqi to‘lanishi, jamoa shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar berilishi to‘g‘riligini, shuningdek mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
v) mehnat to‘g‘risidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish, xodimlar huquqiy savodhonligini yuksaltirishga ko‘maklashish;
g) kasaba uyushmasi a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya qilish;
d) ish joylaridagi mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishiga erishish va ish joylarini mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoidalari talablariga muvofiq xolatga olib kelish borasida ish beruvchi tomonidan tegishli choralar ko‘rilishini talab qilish;
ye) xodimlar va ularning oila a’zolarini dam olishi va sog‘lomlanishi uchun xodimlarning arizalarini tegishli sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan me’yorlar doirasida ta’minlash;
j) Kollejida mehnat va turmush sharoitlari ahvolining jamoat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish;
z) kasaba uyushmasi a’zolari orasida mehnat intizomini mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish va tashkiliy ishlarni olib borish, mojarolarga olib keluvchi vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rish;
i) har xil tanlovlar, sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlar uchun rag‘batlantiruvchi sovg‘alar va mukofotlar ta’sis etish;
k) kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Ishonch», «Ishonch-Doverie» gazetalariga obunani ta’minlash ishlarini olib bordi.
14.6. Xalqaro mehnat tashkilotining «Korxonalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to‘g‘risida»gi 135-Konvensiyasiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995 yil 18 dekabrda 196-raqam bilan ro‘xatga olingan «Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil haqida Nizom»ning 12-bandiga binoan xodimlarning quyidagi toifalari jamoa shartnomasi maqsadlarida Mehnatkashlar vakillari deb e’tirof etildilar:
a) saylab qo‘yiladigan kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari (5 nafar);
b) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar (4 nafar);
v) mehnat nizolari komissiyasining a’zolari (6 nafar);
14.7. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan Mehnatkashlar vakillariga jamoatchilik ishlarini bajarish uchun har haftada ikki soatdan bo‘sh vaqt berildi va bu davr uchun ularga o‘rtacha ish haqi saqlab qolindi.
14.8. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan Mehnatkashlar vakillariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash, ular bilan Ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish amallari qo‘llanilmadi.
Dostları ilə paylaş: |