X. MADANIY-MA’RIFIY, JISMONIY TARBIYa-SOG‘LOMLAShTIRISh, SPORT IShLARI 10.1. Madaniy-ma’rifiy ishlarni yaxshilash uchun quyidagilar amalga oshirildi:
- «Ma’naviyat va ma’rifat» xonasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tavsiyalari asosida jihozlandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov asarlari, Mustaqillik yillarida chop etilgan zamonaviy adabiyotlar hamda plakatlar, stendlar va texnik vositalar bilan ta’minlandi;
- Davlat dasturlarini bajarish borasida mehnatkashlar va yoshlar o‘rtasida taniqli fan, adabiyot va san’at arboblari, adabiyotshunoslar, ishlabchiqarish ilg‘orlarini jalb etgan holda 17 marta mazmunli va qiziqarli uchrashuvlar tashkil etildi;
- kutubxona faoliyatini Kolleji hisobidan yanada rivojlantirish maqsadida homiylar hisobidan 125 ta yangi kitoblar bilan boyitildi.
- umumxalq bayramlarini nishonlash kunlarida kasb mahorati va badiiy havaskorlik bo‘yicha musobaqa, tanlov va tadbirlar uyushtirildi.
10.2. Xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish maqsadida:
- jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish uchun moddiy va boshqa sharoitlar yaratib berildi;
- xodimlar o‘rtasida spartakiadalar va sport turlari bo‘yicha musobaqalar uyushtirildi.
XI. AYoLLAR mehnatini tartibga solish. ayollar VA OILAVIY VAZIFALARNI BAJARISh BILAN MAShG‘UL ShAXSLARGA BERILADIGAN QO‘ShIMChA imtiyozlar va KAFOLATLAR 11.1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etilib va imtiyozlar berib kelindi:
a) homilador ayollar uchun (78, 84, 224, 237, 228, 229, 143, 231, 233-moddalari);
b) ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar uchun (143, 227, 234, 236-moddalari);
v) uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar uchun (78, 84, 150, 224, 228, 228I, 234, 237-moddalari);
g) o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun (150, 232-moddalari);
d) o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onaning biri (vasiy, homiy) uchun (230-modda);
ye) o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun (68, 144, 228, 229-moddalari);
j) onasiz bolalarni tarbiyalayotgan shaxslar uchun (235, 238-moddalari);
11.2. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ayollar mehnat sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashishib bordi.