Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə9/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

Bibliografiyashunoslik bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodologiyasi, texnologiyasi, metodikasi va tashkil etishni o‘rganuvchi va ishlab chiqaruvchi ilmiy fan. Bir vaqtning o‘zida bibliografik faoliyatning jarayonlarini, ayrim turlarini va qirralarini nazariy, tarixiy, metodik va tashkiliy nuqtayi nazardan u yoki bu bilim sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish va tadqiq qilish talab etiladi. Bu bilan xususiy bibliografiyashunoslik shug‘ullanadi. Bibliografiyashunoslik termini XVIII asrda G‘arbiy Yevropada paydo bo‘ldi. XX asrning 70- yillarida aniq ilmiy izohga ega bo‘ldi. Buning 4 ta tarkibiy bo‘limi: nazariyasi, tarixi, metodi, tashkiliy bo‘limi mavjud.

Bibliografiya nazariyasi —bibliografiyaning mohiyatini va ijtimoiy ahamiyatini o‘rganadi, ilmiy konsepsiyasini va tushunchalar tizimini ishlab chiqadi, hozirgi zamon bibliografik amaliyotni ilmiy tahlil qilishning metodologik negizini ishlab chiqadi, bibliografiyaning va bibliografik fanlarning axborot faoliyati va informatika, kutubxonachilik ishi va kutubxonashunoslik, kitob ishi va kitobshunoslik bilan o‘zaro aloqasini tahlil qiladi. Rus bibliografiyasining, jumladan, hamdo‘stlik mamlakatlari bibliografiyasining rivojlanishida munosib hissa qo‘shgan A. I. Barsuk, M. G. Voxrisheva, N. E. Dobrinina, Y. S. Zubov, O. P. Korshunov, A. V. Mamontov, I. G. Morgenshtern, I. I. Reshetinskiy, N. A. Slyadneva, A. V. Sokolov, S. A. Òrubnikov, Y. M. Òugov, V. A. Fokeyevlar faoliyatini o‘rganadi.

Bibliografiya tarixi — uning qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganadi. Bunda bibliografiya tarixi jamiyatlar tarixi, siyosat tarixi, jamiyatning iqtisodiy, madaniy-ma’naviy hayoti bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Rus bibliografiyasi tarixi masalalarini mashhur bibliograflar N.V.Zdobnov, M.V. Mashkova, L.M.Ravich, S.A.Reyser, B.A.Semyonovker, K. R. Simonlar o‘rganganlar. O‘zbekiston bibliografiyasi, umuman, O‘rta Osiyo bibliografiyasi tarixini o‘zbek bibliograf olimlaridan M. M. Òuropov, Sh. M. Shamsiyev, E. O. Oxunjonov, H. Mamatraimova, turkmanistonlik olim A. Yazberdiyevlar tadqiq qilib o‘rganganlar.


Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin