Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə7/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

Bibliografiya nazariyasi —bibliografiyaning mohiyatini va ijtimoiy ahamiyatini o‘rganadi, ilmiy konsepsiyasini va tushunchalar tizimini ishlab chiqadi, hozirgi zamon bibliografik amaliyotni ilmiy tahlil qilishning metodologik negizini ishlab chiqadi, bibliografiyaning va bibliografik fanlarning axborot faoliyati va informatika, kutubxonachilik ishi va kutubxonashunoslik, kitob ishi va kitobshunoslik bilan o‘zaro aloqasini tahlil qiladi. Rus bibliografiyasining, jumladan hamdo‘stlik mamlakatlari bibliografiyasining rivojlanishida munosib hissa qo‘shgan A. I. Barsuk, M. G. Voxrisheva, N. E. Dobrinina, Y. S. Zubov, O. P. Korshunov, A. V. Mamontov, I. G. Morgenshtern, I. I. Reshetinskiy, N. A. Slyadneva, A. V. Sokolov, S. A. Òrubnikov, Y. M. Òugov, V. A. Fokeyevlar faoliyatini o‘rganadi



Bibliografiyashunoslik bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodologiyasi, texnologiyasi, metodikasi va tashkil etishni o‘rganuvchi va ishlab chiqaruvchi ilmiy fan. Bir vaqtning o‘zida bibliografik faoliyatning jarayonlarini, ayrim turlarini va qirralarini nazariy, tarixiy, metodik va tashkiliy nuqtayi nazardan u yoki bu bilim sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish va tadqiq qilish talab etiladi.

Bibliografiyaning metodikasi —bibliografiyaning nazariyasi, tarixi, texnologiyasi, amaliyoti bilan uzviy bog‘liq. U bibliografik axborot tayyorlash va iste’molchilarga yetkazishning maqsadga yo‘naltirilgan usullari va uslublari yig‘indisidir. Bibliografiyaning metodikasini ishlab chiqishda bibliograflardan M. A. Briskman, M. P. Bronshteyn, M. P.Gastfer, M. A. Sakdova, S. P. Bavin, S. V. Bushuyev, G. E. Mironov, A. M. Gorbunov, O. A. Gurbolikova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi M. Y. Nosirova, M. Òuropov, Sh. M. Shamsiyev, H. Mamatraimovalar faoliyat ko‘rsatadilar.

Bibliografiyani tashkil etish—mamlakatda kutubxonachilik va axborot markazlarini tashkil etish, bibliografiya xizmati tizimini yaratish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, jamiyatning axborotga bo‘lgan talabini to‘la qondirish imkonini yaratish uchun xizmat qiladi.





Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin