Paxtaobod pedagogika kolleji


-ilova TEZKOR SO’ROV SAVOLLAR



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə8/240
tarix18.09.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#145136
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   240
biblografiya Xudoyberdiyeva 08.02

5-ilova
TEZKOR SO’ROV SAVOLLAR
1. Bibliografiya texnologiyasi ?
2. Bibliografiyani tashkil etish haqida gapiring?
3. Bibliografiyaning metodikasi nimalardan iborat?
4. Bibliografiya nazariyasinazariyasi xaqida gapiring? .
5. Bibliografiya tarixi
6. Bibliografiyashunoslik qanday fan?


Ko’rsatkichlar

5

4

3

2

Jami
5

Tezkor so’rov savollaridagi faolliklari.

Faol ishtiroki

Nofaol

Qisman

Umuman ishtirok etmadi






























































































6-ilova
KELGUSI MASHG’ULOT: : Bibliografik axborotning zamonaviy tushunchasi. Bibliografik yozuv va bibliografik faoliyat
UYGA VAZIFA: Mavzu bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar izlab topish.
1-Mavzu: Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi
Reja:

  1. Bibliografiya tushunchasi.

  2. Uning kelib chiqish tarixi

  3. Biblografiya fanining maqsadi



Bibliografiya“ so‘zi birinchi marta Qadimgi Gretsiyada qo‘llanilgan. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda biblion—„kitob“, grapho —„yozaman“ degan ma’noni anglatadi. Kitob nashr etish ishi boshlangunga qadar bu tushuncha kitobni yozish, ko‘chirib yozish ma’nosida qo‘llanilgan. U vaqtlarda kitobni yozish va ko‘chirib yozish qo‘l mehnati bilan amalga oshirilgan. Bu ishni bajarganlarni bibliograflar deb atashgan. O‘sha paytda bibliograflardan alohida mukammal bilim talab etilmasdan, faqat yozishni va o‘qishni bilish talab qilingan bo‘lsa-da, bu ish juda yuqori malakali va istiqbolli ish hisoblangan. Qog‘oz kashf bo‘lgunga qadar O‘rtayer dengizi mamlakatlarida papirus, Mesopotamiyada loy plastinkalardan, Xitoyda iðakdan, Hindistonda palma daraxti barglaridan foydalangan holda axborotning qo‘lyozma shakllarini tarqatishgan.
Ikkinchi darajali axborotning qadimgi shakllari yozma madaniyat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, Vizantiyaning bibliografik yodgorliklari, Shumerning bibliografik matnlari, amerikalik tadqiqotchi S. N. Kramerning va boshqa Assuriya madaniyati namoyandalarining asarlarida tasdiqlangan. Eramizdan oldingi uchinchi ming yillikda yer yuzidagi birinchi kutubxonalar Qadimgi Shumerda paydo bo‘lgan. Shumer xonligidagi kutubxona xodimlari loy-tablichkalardagi klin yozuvlarini katta yopiq qutilarda va savatlarda saqlaganlar. Nishopur saroyida Lagash arxeologlari tomonidan minglab (20000 dan ko‘p) ana shunday loy-tablichkalar topilgan. Ana shunday katta fondga ega bo‘lgan kutubxonalar jamg‘armasidan o‘ziga kerakli tablichkani topishning o‘zi bo‘lmagan. Qadimgi Shumer kutubxonachilari bunday holatdan chiqa bilganlar. Ular har bir qutini yoki savatni alohida o‘ziga xos va undagi materiallar mazmuniga muvofiq nomlar bilan ataganlar. Bunday tartibga solish kutubxonachilik ishidagi birinchi kataloglardir. Bu foydalanuvchiga kutubxonada mavjud hujjatni qidirishga va oson topishga yordam bergan. Shunday qilib, kutubxona xodimi birinchi bo‘lib kutubxona katalogi ko‘rinishida o‘z kutubxonasida maxsus tablichka-ko‘rsatkichlarni qo‘llash bilan katalog shaklidagi bibliografik axborotni kashf etdi. Keyinchalik kataloglar bibliografik axborotning manbasi sifatida anchagina qadimgi yirik kitob saqlash muassasalariga bo‘ysungan. O‘sha vaqtda Jenevada mavjud bo‘lgan kutubxona katalogi haqidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. U Assuriya shohi Ashshurbaniðalga qarashli bo‘lgan. Bu eramizdan oldingi VI asrga oid juda katta bir qancha o‘n ming dona loy-tablichkalaridan iborat kutubxona bo‘lib, adabiyotlar, asosan, o‘sha davrga xos grammatika, she’riyat, tarix, huquq, tabiat haqidagi fan, geografiya, matematika va dinga oid edi. Kutubxonaning sistemali katalogi unda ishlaydigan juda katta olimlar va yozuvchilar (xattotlar) guruhi tomonidan yaratilgan.
Qadimgi Misrdagi Edfu shahrida „Papirus uyi“ nomli kutubxona bo‘lgan. Uning binosi hozirgacha saqlanib qolgan va qo‘lyozmalarning birortasi ham yo‘qolmagan. Bizgacha yetib kelgan katalog yordamida kutubxona fondi haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin. Katalog 2 qismdan iborat: har ikkala qismda turli masalaga oid adabiyotlar ro‘yxati berilgan. 1- qism 12 ta quti, 2-qism 22 ta qutidagi adabiyotlar mazmuni haqida ma’lumot beradi.
Miloddan avvalgi III asrda Ellinistik Misrda Aleksandriya kutubxonasi turli tildagi milliondan ortiq hujjatlar to‘plangan zamonasining gullab-yashnagan kutubxonasi edi. Uning kutubxonachisi olim va shoir Kallimax hajmiga ko‘ra tarixiy-adabiy va bibliografik ish deb tan olingan va mashhur bo‘lgan, ammo bizgacha saqlanmagan „Bilimning hamma sohasida sharaf topganlarning jadvali“ni tuzgan edi. U haqda materiallar yetib kelgan. Unga ko‘ra, bu bir tomondan Aleksandriya kutubxonasining 8 dan 1 qismini aks ettirgan, ikkinchidan, Kallimaxga ma’lum bo‘lgan o‘sha vaqtdagi birinchi manbasining qayerda saqlanishidan qat’i nazar grek adabiy asarlari va mualliflar haqidagi biografik ma’lumotlarni bergan. Kallimax jadvali o‘zida bibliografik axborot rivojining 2 ta asosiy yo‘nalishini aks ettirgan: 1.Tarixan birinchi va bibliografik axborotning aniq kutubxona fondi bilan bog‘liq katalogi. 2. Tasvirlangan hujjatlarning aniq saqlanish joyiga bog‘liq bo‘lmagan hujjatlar haqida (bu yo‘nalish shu vaqtgacha alohida izohli ma’noga ega emas edi).
Tadqiqotchilarning e’tiroficha, dastlabki bibliografik qo‘llanma sifatida bu jadval bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, shu ish bilan bibliografiya tuzish boshlangan. Xuddi shunga o‘xshagan bibliografik ko‘rsatkich kechroq, eramizdan oldingi I asrda Xitoyda „Si lyue“ („Yetti rezyume“) nomi bilan paydo bo‘ldi. Bu ishlar bizga qadar nazariy va amaliy ahamiyatini saqlab qolgan. Qadimgi dunyoda va o‘rta asrlarda Yevropada kitob bosish ishi ixtiro qilingunga qadar bibliografiya tarixi haqida to‘g‘ri ma’lumotlarni Rossiya davlat kutubxonasining bibliografiya bo‘yicha ilmiy tadqiqot bo‘limining bosh ilmiy xodimi, mashhur bibliograf va vizantiyashunos B. A. Semyonovning tadqiqotlaridan olish mumkin.

Antik madaniyat o‘lishi bilan bibliografiya tushunchasi ham yo‘qolib ketdi va keyin yana qaytadan boshqacha sharoitda, boshqacha ma’noda, ya’ni kitob boyliklarini tavsiflash ma’nosida qo‘llanila boshlandi. Bibliografiyaning keyingi taraqqiyoti Yevropada kitob bosishning boshlanishi va axborot madaniyatining poligrafik davri bilan bog‘liq. Bu vaqtli matbuot nashrlari, bibliografik materiallar, maxsus gazeta va jurnallar, davlat bibliografiyasi manbasi bo‘lmish majburiy nusxalar va to‘plamlar, nashriyot va kitob savdosi tashkilotlarining bosma kataloglari va boshqa bibliografik mahsulotlarning paydo bo‘lishida ko‘rinadi. Bibliografiya fani hayot taqozo etayotgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan amaliy ehtiyojlar tufayli vujudga keldi va rivojlandi. Bibliografik nazariya va amaliyot uzviy bog‘liq, bir-birini boyitadi va nisbatan o‘z mustaqilligini himoya qiladi.
Rus bibliografiyasining paydo bo‘lish davri XI — XVII asrda xrestomatiya tiðidagi to‘plamlarning paydo bo‘lishiga bog‘liq. XVIII asrda o‘sha davrda har bir davlatda kitob omborlari hisoblangan cherkov kutubxonalari fondini tavsif etish boshlandi. Bu bizgacha yetib kelgan qimmatli XV asrga oid „Kirill-Belozer cherkovi qo‘lyozmalari tavsifi“dir. XVII asrning ikkinchi yarmida „Oãëaâëeíèå êíèã, êòî èõ ñëîæèë“ nomli rus kitoblari bilan tanishtirish maqsadida tuzilgan bibliografik ish haqida ma’lumotlar bor.
Rus bibliografiyasi tarixi haqiqiy taniqli tashabbuskor bibliograflar —„Rus bibliografiyasining otasi“ deb tan olingan V.S.Sopikov, undan oldin N.I. Novikov nomi bilan bog‘liq. N.I.Novikov 1772-yili o‘z ahamiyatiga ko‘ra birinchi biobibliografik lug‘at va birinchi rus qomusnomasi — „Rossiya yozuvchilari haqida tarixiy lug‘at tuzish tajribasidan“ nomli ishni yaratgan. V.S.Sopikovning buyuk xizmati shundaki, u „Bosmaxona tashkil etilgandan 1813- yilgacha slavyan va rus tillarida bosilgan asarlar va tarjimalarning to‘liq lug‘ati“ni tuzadi, bundan tashqari, u bu asarini 1813—1821- yillari „Rossiya bibliografiyasining tajribasi“ nomi bilan nashr ettiradi. Unda Rossiyada birinchi marta va biz uchun ham eng muhim prinsiðial nazariy masalalar—kutubxonachi va bibliografning vazifalari, kitobxonga tavsiya etilayotgan kitobning ahamiyati, muallif fikri va uslubi bilan kitobxonni tanishtirish uchun tuzuvchi tomonidan bibliografik qo‘llanmalarning yangi janri—bibliografik ocherklar va antologiyalarni tuzish uchun qo‘llaniladigan turli xil vositalar ochib beriladi.
XVIII asr oxiri—XIX asr boshlarida „bibliografiya“ so‘zi kitobshunoslik (kitob haqidagi fan), kitob tarixi, adabiyot tarixi, adabiy va ilmiy tanqid kabi fanlarni aks ettirdi. Aynan mana shu keng tushuncha V.S. Sopikovning „Bibliografiya insoniyatning eng qadimgi hamma bilimini tushuntiruvchi fandir“ deb xulosa qilishiga sabab bo‘ldi. Uning fikricha, bibliografiyaning ahamiyati, umuman, kitobni bilishda, fanlarning holati va bosqichmabosqich rivojlanib borishini ko‘rsatuvchi fan ekanligida ko‘rinadi.
Rus bibliografiyasi tarixida V.G. Anastasevich, N.M.Lisovskiy, N.Gennadi, V.I.Mejov, S.A.Vengerov, A.V.Mezer, N.A.Rubakin, N.Òropovskiy o‘zlarining nazariy va amaliy ishlari bilan iz qoldirgan hamda milliy bibliografiyalarning rivojiga ta’sir ko‘rsatgan. XIX asrning ikkinchi yarmi—XX asr boshlarida bibliografiya tushunchasi matbuot asarlari haqida ma’lumotlar to‘plash ma’nosida qo‘llanilib, bibliografiyaning vazifasini ancha qisqartirdi. Shu bilan bog‘liq holda bibliografiyaning ijtimoiy vazifasi haqida turlicha fikrlar paydo bo‘ldi. Ancha vaqt amaliy faoliyat sohasi, ilmiy fan, alohida bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik qo‘llanmalarning yig‘indisi sifatida qo‘llanib kelindi. Sobiq ittifoq davrida ham bunday yondashish bibliografiya fanining rivojlanishiga, bibliografik faoliyatning takomillashuviga salbiy ta’sir etdi. 1950 — 1960- yillarda bibliograf olimlar, o‘qituvchilar, amaliyotchilar bibliografiya tushunchasi, „bibliografiya—faoliyat“, „bibliografiya—bibliografik qo‘llanma yoki ularning yig‘indisi“, „bibliografiya—bibliografik fan“ kabi nazariy masalalarni ishlab chiqdilar. Natijada birinchi marta „1648-70. Òushuncha va izohlar“ nomli davlat standarti qabul qilindi. Keyinchalik 1978- yildan kuchga kirgan „GOSÒ 7.0-77
Bibliografiya.Tushunchalar va izohlar“ izohli lug‘ati qabul qilindi. Unda bibliografiyaning ilmiy-amaliy faoliyati iste’molchiga bibliografik ma’lumotni tayyorlab, yetkazib beruvchi faoliyat ekanligi, bibliografiyaning tarixi, metodikasi, tashkil etish nazariyasini o‘rganuvchi ilmiy fan sifatidagi xususiyatlari ochib berildi. Bibliografiyaning ijtimoiy vazifalari va ahamiyati ham yoritildi, bibliografiyaning maqsadi jamiyatda matbuot asaridan foydalanishga ta’sir etish deb tushuntirildi. 1986-yili „Bibliografik faoliyat. Asosiy tushuncha va izohlar“ nomi bilan GOSÒ 7.0-84 qabul qilindi. Bunda bibliografiya tushunchasi umuman tushib qolgan, bibliografik faoliyat esa bibliografik axborotga bo‘lgan talabni bajaruvchi axborot faoliyati sifatida keltiriladi. 2000-yil 1iyuldan Rossiyada „Axborot-kutubxonachilik faoliyati, bibliografiya“ nomi bilan GOSÒ 7.0-99 kuchga kirdi. Unda bibliografiyaga quyidagicha ta’rif beriladi: Bibliografiya—bibliografik axborot tayyorlashni, uni tarqatishni va undan foydalanishni ta’minlovchi axborot infratuzilmasidir. Buni anglash uchun boshqa turdagi axborot infratuzilmalari va bibliografik axborotni tushunib olish zarur. Davlat standartida axborot infratuzilmasi axborot resurslariga iste’molchilarning kirib borishini ta’minlovchi axborot markazlari, ma’lumotlar banki va bilimlarning, aloqalar tizimining yig‘indisi deb ta’rif beriladi. Axborot markazi — axborotni yig‘ish, tahliliy qayta ishlash va tarqatish vazifasini bajaruvchi tashkilot. Axborot resurslari umumiy ma’noda ishonchli axborotni olish uchun tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, u matbuot asari va elektron hujjat ko‘rinishida bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, bibliografiya—matbuot asarlari, elektron hujjatlar haqida axborot tayyorlab, berish hamda ularni ma’lum ijtimoiy maqsadlarda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy va amaliy faoliyat. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, uslubiyati bilan shug‘ullanadigan fan bibliografiya fanidir.

Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin