Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 6,2 Mb.
səhifə60/114
tarix21.08.2023
ölçüsü6,2 Mb.
#140079
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   114
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fanidan Sobirov Esonboy (1)

Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turi-ki, unda kompyuter va maxsus yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko‗rinishga o’tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko‗rinish- da tasvirlanadi.
Kompyuter grafikasi o‗tgan asming 70 – 80-yillaridan boshlab ommaviylasha boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bo‗lib qolmoqda.
Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san‘at va sportga ham tegishli bo‗lib, barcha sohalarda keng qo‗llaniladi. Kompyuter grafikasi bo‗yicha har yili ko‗plab konferensiyalar o‗tkaziladi, ilmiy jumallar va o‗quv qo‗llanmalar chop etiladi, dissertatsiyalar himoya qilinadi.
Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter grafikasi mahsulotlari ishlab chiqariladi va sotiladi. San‘at durdonalari yaratiladi. Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o‗yinlar bo‗yicha jahon birinchiliklari o‗tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar.



Vektorli grafika. Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi. Chiziq sifatida to‘g‘ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo‘lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko‘rinishga bo‘ladi. Vektorli grafikaning afzallik tomoni tasvirning xotirada kamroq joy olishidir, chunki bu holda xotirada joy chiziq o‘lchoviga bog‘liq bo‘lmagan ravishda bo‘ladi. Buning sababi xotirada chiziqning o‘zi emas balki uni ifodalovchi formula yoki parametrlar saqlanishidadir. Vektor grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko‘pincha vektorli grafikani ob`ektga mo‘ljallangan grafika deyish mumkin.




Yüklə 6,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin