Paxtaobod pedagogika kolleji



Yüklə 6,2 Mb.
səhifə62/114
tarix21.08.2023
ölçüsü6,2 Mb.
#140079
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fanidan Sobirov Esonboy (1)

Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turi-ki, unda kompyuter va maxsus yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko‗rinishga o’tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko‗rinish- da tasvirlanadi.
Kompyuter grafikasi o‗tgan asming 70 – 80-yillaridan boshlab ommaviylasha boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bo‗lib qolmoqda.
Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san‘at va sportga ham tegishli bo‗lib, barcha sohalarda keng qo‗llaniladi. Kompyuter grafikasi bo‗yicha har yili ko‗plab konferensiyalar o‗tkaziladi, ilmiy jumallar va o‗quv qo‗llanmalar chop etiladi, dissertatsiyalar himoya qilinadi.
Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter grafikasi mahsulotlari ishlab chiqariladi va sotiladi. San‘at durdonalari yaratiladi. Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o‗yinlar bo‗yicha jahon birinchiliklari o‗tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar.
Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinflarga ajratiladi:

  1. statsionar (o‗zgarmas) yoki oddiy grafika; 2) kompyuter animatsiyasi; 3) multimedia.

Oddiy grafika vaqt o‗tishi bilan o‗zgarmaydigan tasvirlami yaratish bilan shug‗ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalami keltirish mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o‗tishi bilan o‗zgaradigan tasvirlar yaratadi. Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar.
Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turdagi axborotlami, masalan, ovoz va matnni ham o‗z ichiga oladi. Multimedianing o‗ziga xos jihati uning interfaolligi bo‗lib, unda bir joy dan ikkinchi joyga o‗tish imkoniyati ko‗zda tutilgan bo‗ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to‗ri – www ni, undagi www-saytlar va www-sahifalami keltirish mumkin.
Qaysi sohada ishlatilishiga qarab, grafika quyidagi turlarga ajratiladi:


    1. Yüklə 6,2 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin