vasiylik va homiylik sohasidagi vazifalarni bajaruvchi hududiy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini nazorat qilishni hamda muvofiqlashtirib borishni amalga oshiradi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
davlat reyestrini yuritadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 18-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestri to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
Tumanlar, shaharlar hokimlari vasiylikni yoki homiylikni belgilash va tugatish bo‘yicha, shuningdek vasiylarni yoki homiylarni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Shuningdek qarang: mazkur Qonunning 19-moddasi, 21-moddasining birinchi va uchinchi qismlari, 24-moddasining birinchi qismi, 25-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari, 26-moddasining birinchi va beshinchi qismlari, 29-moddasining uchinchi qismi, 30-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 174-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizomning 8 va 9-bandlari.