Pdf-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasining Qonuni


-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 167,83 Kb.
səhifə4/38
tarix05.04.2022
ölçüsü167,83 Kb.
#54745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
O‘RQ-364 02.01.2014

4-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning o‘z vaqtida aniqlanishi, hisobga olinishi va joylashtirilishini ta’minlash;

 LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Qonunning 16-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining VI-bo‘lim (“Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari”), O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi oltinchi qismi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida”gi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi nizom, “Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestri to‘g‘risida”gi nizom.

vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

Oldingi tahrirga qarang.

vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlash;



(4-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlash;

vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash;

vasiylik va homiylik sohasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash;

vasiylik va homiylik sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.


Yüklə 167,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin