5-modda. Vasiylik va homiylikning asosiy prinsiplari
Vasiylik va homiylikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
insonparvarlik va mehr-shafqat;
vasiylik va homiylik masalalarida individual yondashuv;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligi;
vasiylik va homiylikka doir majburiyatlarni qabul qilishning va rad qilishning ixtiyoriyligi.
6-modda. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni qabul qilgan oila joylashgan yerdagi vasiylik va homiylik organlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning ijtimoiy va psixologik moslashuvini ta’minlash maqsadida ushbu oilani kuzatib borishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish qonunchilikda nazarda tutilgan maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik, tibbiy yordam ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Vasiylikka yoki homiylikka muhtoj bo‘lgan shaxslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish bepul amalga oshiriladi.
2-bob. Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari hamda ularning vakolatlari
Dostları ilə paylaş: |