8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
vasiylik va homiylik sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
vasiylik va homiylikni belgilash, shuningdek vasiy va homiy tayinlash tartibini belgilaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulkini hisobga olish davlat reyestrini (bundan buyon matnda davlat reyestri deb yuritiladi) tashkil etish va yuritish tartibini hamda unga kiritiladigan ma’lumotlar ro‘yxatini belgilaydi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildini yuritish va vasiy yoki homiy tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarishi to‘g‘risida hisobot taqdim etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash vazirliklarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlari
(9-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘z vakolatlari doirasida:
(9-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga munosib turmush va ta’minot sharoitlarini ta’minlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlovchi davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ijtimoiy ishlar sohasida vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni maslahat yordami, ijtimoiy-huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy jihatdan kompleks qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi mutaxassislar tayyorlaydi;
oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash muassasalari tarmoqlarini, xizmatlarini, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga hamda ularning oilalariga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik, tibbiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish markazlarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
vasiylik va homiylik sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash vazirliklari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi to‘g‘risidagi nizom”.
Dostları ilə paylaş: |