1.4. Uzluksiz pedagogik amaliyotga yangi pedagogik texnologiyani olib kirish. Ona tili va
adabiyoti o‘qitishning faol metod va shakllari o‘z
ichiga muammolilik, ilmiy izlanish, ta’lim
oluvchilarning mustaqil ishlaridan keng foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Yuqorida qayd
qilingan metod va usullarni amaliyotda qo‘llanadi.
1.5. Bitiruvchi kurs talabalarining pedagogik amaliyot dasturi
1 hafta 36 soat.
O‘qituvchilarning metodik kengashlarida ishtirok etish.
Pedagogik amaliyotni tashkil etishga oid amaliy konferensiya tashkil etish.
Pedagogik
amaliyotning maqsad va vazifalari, tashkil etish yo‘llari, olib borish uslubi haqida suhbatlashish.
Talabalar
biriktirilgan maktab, akademik lisey yoki kasb-hunar kollejlarida pedagogik
amaliyotni boshlash oldidan umumiy maqsad va vazifalar bayoni.
O‘quv
yurti hayoti, pedagogik jamoa faoliyati, ta’lim
muassasasini boshqarishning
zamonaviy talablariga oid direktor suhbatini tashkil etish va o‘tkazish.
O‘quv yurtining o‘quv tarbiyaviy ishlari holati bilan tanishuv, o‘quv ishlari bo‘yicha
mudir suhbatini tashkil etish.
Maktabda joriy yilda o‘tkazish rejalashtirilgan ma’naviy ma’rifiy ishlar bilan tanishish.
Fan o‘qituvchilarining yillik va choraklik o‘quv rejalari bilan tanishish.
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishtirish.
Ona tili adabiyot fanlari metod kengashi bilan tanishish; o‘qituvchilarning ish yuritish hujjatlari,
sinf jurnalini yuritish bilan tanishtirish. Talabalarni sinflarga taqsimlash
ona tili adabiyot
darslarini o‘tkazish jadvalini tuzish. Amaliyotchi talabalar bilan fan o‘qituvchilarining darslarini
kuzatish. Amaliyotchi burchagini tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: