Ommaviyligi jihatdan Corel Draw dasturi ham keng tarqalgan. Adobe firmasining yanada sodda dasturlaridan biri – Illustrator sanaladi. Bu ikki dastur vektor grafikasining keng imkoniyatli vositasini tashkil qiladi. Vektorli dasturlar turli grafiklarni va chizmalarni yaratish, tahrirlash uchun samarali vositalardir.
Uch o‘lchamli grafika umumiy dasturning majburiy qismiga kirishi shart emas, chunki u faqat real ob’ektlarni modellashtirishda ishlatiladi. Ammo, 3D ni o‘rganishni aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlash ta’lim mazmuniga kiritishni tavsiya etish mumkin.
Animatsiyali grafika bilan ishlash
Animatsiyali grafikani yaratishni bir-biriga yaqin interfeysga ega yuqorida keltirilgan dasturlarda amalga oshirish imkoniyati mavjud. Ular asosan grafika turlari bilan farqlanadi: rastrli grafika uchun Adobe ImageReady , vektorli grafika uchun – Corel DRAW, uch o‘lchamli grafika uchun esa – 3D Studio Max o‘rinlidir
Navbatdagi bosqichda ovoz bilan ishlash metodlari o‘rganiladi. Bu yerda ovozlarni yozish, tahrirlash va qayta yaratish masalalari muhim hisoblanadi. Bu masalalarni Sound Forge dasturi yordamida hal etish mumkin.
Grafika yaratish va ovoz bilan ishlash bilimiga hamda metodlariga ega mutaxassis keyingi navbatda multimedia mahsulotlarini namoyish etish va yaratish vositalarini o‘rganadi. Bunga birinchi navbatda HTML-dasturlari guruhiga mansub MS Word, MS FrontPage, Macromedia Dreamweaver bilan ishlash, MS PowerPoint da namoyishlar tayyorlash kiradi.
Metodik bosqich bo‘lg‘usi mutaxassisga «qanday va qaysi vositalar bilan o‘quv materiallarini o‘quvchiga yetkazish kerak?» degan savolga javob berishi zarur. Bu bosqichda ular o‘zlarining grafika bo‘yicha bilimlari asosida va kompyuterning audio imkoniyatlarini bilgan holda, qaysi vaziyatlarda axborotlarni qanday uzatish maqsadga muvofiqligini aniq bilishlari shart.