Pedagog o‘z ilmiy, o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari
Muhim davlat vazifasini – “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o‘qituvchisining hislatlari, uning ijodiy faoliyati XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib rivojlana boradi.
Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchining mustaqil ravishda bilimlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi – bir tomondan o‘qituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi – chunki, bu kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi.
O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to‘ldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng mikyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.
O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to‘ldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng mikyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.
Odatda aksariyat o‘qituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar.Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar o‘qituvchilarni qanday o‘qitib va qanday tarbiyalash kerak, degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi.
Pedagogik mahoratning yuzaga keltirish
Pedagogik mahoratning yuzaga keltirish oliy o‘quv yurtining butun hayotni pedagoglashtirish orqaligina muvaffaqiyatli hal etiladi. Ayniqsa oliy o‘quv yurtida o‘tkaziladigan pedagogik bayramlar, o‘qituvchilar kuni, pedagogik masalalarni teatrlashtirilgan holda yechish, topshiriqlar musobaqasi, «Mehribon ko‘z» konkursidagi chiqishlarni taxlil etish, pedagogik o‘qishlar, «Talabalar, javob bering» kechasi, turli mashhur pedagoglar bilan uchrashuvlarni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligining o‘ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarga mos kelsa-da, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xalq ta’limi bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim hislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. SHu bilan birga xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar. Maktab direktori esa, bunday hislatlarni o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar.