O`qituvchining o`quvchilar bilan muomala odobi. O`qituvchi va o`quvchi, domla va talaba o`rtasidagi munosabat va muomala madaniyati ularning fe`l - atvori, xulqi va olgan tarbiyasining amaliy xayotda namoyon bo`lishini bildiradi. Kishining madaniyati, avvalo uning muomalasi, atrofdagilar bilan munosabatida ko`zga tashlanadi. Ukimishli, madaniyatli, o`qituvchi hamkasbidan, o`quvchisidan nimani, qanday surashni, u yoki bu masala yo`zasidan murojaat qilish mumkinmi yoki yukligini, oilaviy munosabatlarga daxldor masalalarga munosabat bildirish zaruriyati bormi - yukligini yaxshi anglaydi. Muomala jarayonida suxbatdoshining kayfiyatini kutarish, unga optimistik ruh bagishlash, uning o`z kuchiga ishonchini xosil qilish ham o`qituvchining eng muxim sifatlaridan biridir. Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, tom ma`nodagi muomala madaniyatiga ega bo`lgan o`qituvchi shuxratparastlik, manmanlik, befarqli, xasadguy, giybatchilik kabi illatlarga tokat kila olmaydi va unga karshi ko`rashadi.
O`qituvchining muomala madaniyatining tarkibiy kismi nutk madaniyati bilan bog`liq. ( Biz o`z ishimizning bir mavzusini «O`qituvchi nutki - pedagogik mahorat shartidir» deb nomlaganmiz, u mavzuga o`qituvchi nutki haqida tulik tafsilot berilgan. X.B.). Chunki nutk va unda ifodalangan so`z kishiga ta`sir etuvchi kudratli psihologik kuchga ega. Uni faqat o`zining mazmuni bilan, balki so`zlovchining aytilayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham ta`sir darajasi va kudrati yanada ortishi mumkin.
«Ingliz dramaturgi B.SHou aytganidek, «Xa» so`zini aytishning 50 dan ortik uslubi bor, «Yuk» so`zini ham shuncha uslubi bor, ammo bu so`zni yozishni faqat bir uslubi bor». (Xalq ta`limi jurnali, 2003 yil, 3 - son, 49 - bet ).
Bu fikrning zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik kochirim ma`no yashiringan. Zotan o`qituvchi muloqotining zamirida so`z, fikr turar ekan, fikrni bayon etish ifodasi har bir o`qituvchining saviyasi, ma`naviy dunyosi, madaniyatiga bog`liq. Bundan kelib chikadiki, o`qituvchi o`z muomalasida me`yorni bilishi lozim.
O`qituvchining muloqot madaniyati nafaqat shaxslararo munosabatlarda, balki shu bilan birga ishlab chikarish, mexnat jamoasi, ota - onalar bilan, jamiyat xayotiga ham kerakligini xisobga oladigan bo`lsak, bugungi kunda o`quvchi, talabalar fe`l - atvorini o`rganish, ularning bir - birlariga mehr - muruvvatli bo`lishga o`rgatish, diniy akidaparastlik tomir otayotgan xozirgi davr uchun jamiyatni insonparvarlashtirish eng muxim, dolzarb vazifa bo`lib kelmokda. Umuman olganda, muloqot madaniyatini takomillashtirish umuminsoniy extiyoj sifatida o`z ahamiyatini yuqotmagan. Atoqli adib B.SHou so`zlari bilan aytgand: «Biz xozir xavoda kush kabi uchishni, suvda balik kabi so`zishni o`rganib olgan bo`lsakda, bizga bir narsa - insonlardek yashashni o`rganib olish yetishmaydi». Mashxur izkuvar Sherlok Holms ta`kidlaganidek : «Har bir inson o`z xususiyatiga ko`ra xal etilmaydigan jumbok»dir. Kishilar xulqi, fe`l - atvori bilan bir - birlaridan farq kiladilar, ammo ular orasidagi uxshashlik mikdori minimum foiz doimiy holatda saqlanib qoladi.
Demak, odamzodning tashki turki - tarovatigina emas, balki ichki olami, maslagi. Insoniy kiyofasi, xozirgi ko`rinishi va holatdagi yetib kelishi o`zok tarixiy kamolot natijasidir. Bu kamolot natijasida esa kishilar o`rtasidagi muloqot hamda muomala madaniyati to`rganligi sir emas. Shu sababli o`qituvchining muloqot madaniyatida ham okilola extiyojni anglab olish eng muxim vazifadir.
Muloqot shu darajada muxim ekan, birok shaxslararo muloqotga xech kim, xech kaerda maxsus o`rgatilmaydi.