Diplom oldi amaliyotining asosiy maqsadi ishlab chiqarish texnologik jarayonida ATKda yuk va yo‘lovchilar tashish jarayonini yaqindan o‘rganish va diplom ishi uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Amaliyot davrida o‘quvchilar avtokorxona tasarruf bo‘limi, nozimlik guruhi, rejalashtirish bo‘limi, harakat xavfsizligi bo‘limi, texnika xavfsizligi bo‘limlarida, avtoshohbekatlarda, yuk bekatlarida bo‘lib, ular ishini chuqur o‘rganadilar.
Amaliyotni o‘tib bo‘lgach o‘quvchilar quyidagi Ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak: O‘quvchi avtokorxonalarda tashish texnologiyasi, tasarruf va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, hujjatlarni yurgizish tartiblari, kunlik reja va daromadlarni bajarilishini nazorat qilish usullari, nozimlik boshqarish usullari, haydovchilar mehnatini tashkil etish qoidalarini bajarishi lozim.
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
Diplom oldi amaliyoti umumkasbiy va maxsus fanlardan bilan uzviy bog‘liq holda o‘qitiladi.