RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
2023-yil 2-iyun
377
O‘QUVCHILARDA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH DOLZARB
IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Davletov Erkaboy Yusubovich
Urganch davlat pedagogika instituti “Pedagogika, boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim
metodikasi” kafedrasi v.b. dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7993484
Annotatsiya.
Maqolada tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish dolzarb
ijtimoiy-pedagogik muammo ekanligi, “kompetensiya”, “kompetentlilik” tushunchalari,
ularning tarkibi, mazkur tushunchalarga nisbatan turli-tuman yondashuvlar, kompetenisyalar va
kompetentlilikning shaxs taraqiyotida tutadigan o‘rni tavsiflab berilgan. Ko‘plab pedagog va
psixologlarning yondashuvlari tahlil qilingan. Mazkur tahlillar natijasida ilmiy qarashlar bayon
etilgan. Shunga ko‘ra ushbu maqola pedagog olimlar, o‘qituvchilar, dastur va darslik
mualliflari, tadqiqotchilar uchun dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
kompetensiya, kompetentlilik, shaxs taraqqiyoti, ta’lim jarayoni, bilim,
ko‘nikma, malaka, tayanch hayotiy kompetensiya, fanga oid kompetensiya.
Bugungi kunda ta’limni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish, o‘qituvchi
hamda o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirish va muntazam tarzda rivojlantirib borish
pedagogikaning dolzarb masalalariga kiradi.
Kompetensiya – o‘quvchilarning ma’lum sohada samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun
ta’lim tayyorgarligiga oldindan qo‘yilgan ijtimoiy talab. Kompetentlilik ko‘p qirrali bo‘lib, uning
bir necha talqinlari mavjud. Kompetentlilik o‘quvchi tomonidan tegishli kompetensiyalarga ega
bo‘lishni anglatadi.
Kompetentlilik o‘quvchida tarkib topgan shaxsiy sifatlar va berilgan sohadagi faoliyati
bo‘yicha to‘plagan minimal darajadagi bilim, ko‘nikma, malakalari va amaliy tajribalarini o‘z
ichiga oladi. Xususiy kompetensiyalar bilan tayanch kompetensiyalar o‘zaro farqlanadi. Tayanch
kompetensiyalar o‘quvchining istiqboldagi hayotiy-ijtimoiy faoliyati modeli hisoblanadi.
O‘quvchilar muayyan bilim, ko‘nikma, malaka va tajribaga ega bo‘lgach, o‘zlari egallagan
kompetensiyalarni faoliyatlari orqali tatbiq eta oladilar. Tayanch kompetensiyalar ko‘proq
o‘quvchining istiqboldagi ijtimoiy faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Xususiy o‘quv fani
doirasida o‘zlashtiriladigan kompetensiyalar esa, asosan, o‘quv va istiqboldagi kasbiy faoliyat
samaradorligini ta’minlaydi. Kompetensiyalar har bir mamlakat xalqining turmush tarzi,
madaniy, ma’naviy hayoti, an’analaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar kreativ, ya’ni ijodiy yaratuvchilik
xarakteriga ega bo‘lib, ularni muntazam faollikka undaydi. Bunday kompetensiyalar sirasiga
Dostları ilə paylaş: |