Pedagogik jihatlari respublika ilmiy-amaliy anjumani


RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-



Yüklə 78,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü78,57 Kb.
#165635
1   2   3   4   5   6
o-quvchilarda-kompetensiyalarni-shakllantirish-dolzarb-ijtimoiy-pedagogik-muammo-sifatida

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
 2023-yil 2-iyun 
379
xarakteriga ega. Insonparvarlik prinsipiga asoslangan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi 
o‘quvchilarga muayyan sohada bilim, ko‘nikma, malakalar majmuini taqdim etishdangina iborat 
emas, balki ularning dunyoqarashi, layoqati, kreativ faoliyati, mustaqil bilim olish 
ko‘nikmalarini rivojlantirishni ham nazarda tutadi. Shu bilan bir qatorda ular ongiga insoniy 
qadriyatlarni singdirishga xizmat qiladi. Bularning barchasi kompetentli yondashuvning o‘ziga 
xos xususiyatlarini ifodalaydi. 
Kompetentli yondashuvning tayanch darajalari ta’limning bevosita maqsadga 
yo‘naltirilganligida namoyon bo‘ladi. Kompetensiyada o‘quvchilarning yuqori darajada 
umumlashgan ko‘nikma va malakalari mujassamlashadi. Ta’lim mazmuni esa to‘rt komponentli 
model orqali oydinlashadi. Ular: bilimlar, ko‘nikmalar, ijodiy faoliyat tajribasi va qadriyatli 
munosabat tajribasidan iborat. 
Mutaxassislar kompetentli yondashuv doirasida ikkita tayanch tushunchani alohida 
ajratib ko‘rsatganlar. Ular: kompetensiya va kompetentlilik tushunchalari. Pedagogik nazariyada 
ularning mavjud jihatlarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kompetensiyalarning 
shakllanishi va ular orasidagi o‘zaro munosabatlar bunga misol bo‘la oladi. Olimlar orasida 
kompetensiyalarning tavsifiga doir yagona yondashuv mavjud emas. Bir qator mutaxassislar 
“kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalari orasida o‘zaro chegara mavjud emas, deb 
hisoblaydilar. Shunday olimlar sirasiga В.С.Леднев, Н.Д.Никандров, М.В.Рыжаковlarni 
kiritish mumkin. Aksariyat mutaxassislar esa ular orasidagi farqli jihatlarni ko‘rsatib o‘tganlar. 
А.В.Хуторской o‘z tadqiqotlarida bunday farqlarni alohida ajratib ko‘rsatgan. Uning 
ta’biricha, kompetensiya ta’limiy tayyorgarlikka qo‘yilgan ijtimoiy talab sifatida baholanadi. 
Kompetentlilik esa, muayyan kompetensiyani o‘zlashtirish, egallashdan iborat faoliyat bo‘lib, 
faoliyat predmetiga nisbatan shaxsiy munosabatni mujassamlashtiradi. А.В.Хуторскойning 
fikriga ko‘ra, kompetentlilik shaxsning sifati hisoblanadi. U insonning muayyan kompetensiyani 
egallashini taqozo etadi. Shu tariqa, kompetensiya bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar, faoliyat 
usullari majmui bo‘lib, ta’lim mazmunining tarkibiy qismini tashkil etadi. Kompetensiya 
muayyan narsalar, jarayonlarga nisbatan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. 
Kompetensiya - insonning muayyan sohada sifatli faoliyat ko‘rsatishi uchun nihoyatda zarur [7]. 
И.А.Зимняя kompetensiyani muayyan ichki potensial, yangidan shakllangan yashirin 
ruhiy holat sifatida talqin etadi. U insonning kompetentliligi doirasiga bilimlar, tasavvurlar, 
algoritmlarni kiritib, faoliyat ifodasi sifatida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi [5]. 
“Kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalarini o‘zaro qiyoslab, ularni O‘zbekiston 
ta’lim tizimiga xos bo‘lgan “ta’lim jarayoniga qo‘yilgan talablar”, “ta’lim natijalarini baholash 
mezonlari va ta’lim darajalari” tushunchalari bilan tenglashtirish mumkinligini izohlashga 
harakat qilamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma 
va malakalariga qo‘yiladigan talablarni mujassamlashtirgan umumiy o‘rta ta’limning davlat 
ta’lim standartlari kompetensiyalarni ifodalaydi. O‘quvchilarning o‘zlari shaxsan erishgan aniq 
ko‘rsatkichlari esa ularning kompetentlilik darajasini aks ettiradi.[8] 
Kompetentli yondashuvning insonparvarlikka xos jihatlarini tasdiqlagan holda shuni 
aytish mumkinki, zamonaviy pedagogik paradigma doirasida shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayonda o‘quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishni tadqiq etishga 
yo‘naltirilgan tadqiqotlar pedagogika fani va ta’lim amaliyoti uchun alohida ahamiyatga ega.



Yüklə 78,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin