RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun 380
Ushbu muammoning dolzarbligini ta’kidlagan holda Е.В.Бондаревская kompetensiyani
shaxsiy anglangan, insonning tajribasiga singan hodisa sifatida baholab, shaxsning bilimlari,
ko‘nikmalari, malakalari tizimida o‘ziga xos o‘rin egallashini ko‘rsatib o‘tadi [4].
Kompetentlilik ta’limning asosiy maqsadi sifatida namoyon bo‘ladi. U faoliyatning turli
turlarini amalga oshirishga tayyorlikni ifodalaydi. Kompetensiya bilim, ko‘nikma, malakalardan
tubdan farq qilsada, ularni inkor etmaydi. Kompetensiya bilimlardan ular faoliyat turi haqida
axborot berish bilan emas, balki faoliyat turida mavjudligi bilan farqlanadi. Kompetensiya
ko‘nikmalardan turli vaziyatlarda turli-tuman topshiriqlarni yechish imkoniyatiga egaligi bilan
ajralib turadi. Malakalardan esa kompetensiya anglanganligi, avtomatlashmaganligi bilan
farqlanib, u o‘quvchilarga nafaqat odatiy, balki nostandart vaziyatlarda ham aniq harakatlanish
imkonini beradi. Bu shundan dalolat beradiki, bilim, ko‘nikma, malakalarning mavqei ta’limning
asosiy va oraliq maqsadlariga ko‘chib, ko‘zlangan natijaga erishish uchun sharoit yaratadi.
Kompetentli yondashuv doirasida bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq darajasi bilan
ta’lim natijalari hamda uning ahamiyatli jihatlari uyg‘unlashib, kompetensiyalar – layoqatlar
majmui hosil bo‘ladi. Bu esa o‘quvchilarga jamiyat hayotiga muvaffaqiyatli moslashish imkonini
beradi. Kompetensiyaviy yondashuvda jarayon markaziga o‘quvchi shaxsining o‘zi qo‘yiladi,
rivojlanish vaziyatlarida uning o‘rni aniq namoyon bo‘ladi.
So‘nggi yillarda chop etilayotgan ilmiy manbalarda bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarni bir yo‘la loyihalashtirish g‘oyasi ilgari surilmoqda. Shu asosdan kelib chiqqan
holda bir qator yondashuvlarni ilgari surish mumkin.[2]
Manbalarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunga qadar “kompetensiya” va
“kompetentlik” tushunchasini tavsiflovchi yagona yondashuv mavjud emas. Kompetensiyalarni
tushunish va tavsiflashda kompetensiyaning ta’lim oluvchi shaxsiga taalluqliligi, bilim,
ko‘nikma, malakalarning mahsuli bo‘lsa-da, uning tarkibiga kirmasligi haqidagi qarash ilgari
surilmoqda.
Shu nuqtai nazardan yondashganda kompetensiya ta’lim mazmunining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Ular: davlat ta’lim standartlari; bitiruvchi sinf o‘quvchilarining tayyorgarlik
darajasiga qo‘yiladigan talablar; bilim, ko‘nikma, malakalar majmuini ifodalovchi shaxsning
tayyorgarligini ta’minlovchi, ularning shaxsiy tajribasiga kiruvchi, ular uchun ahamiyatli bo‘lgan
me’yorlardan iborat. Kompetentlilik esa kompetensiyalarni egallashni anglatib, o‘quvchining
bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan shaxsiy munosabati, ta’limning real
darajasini o‘z ichiga oladi.
REFERENCES 1.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 6 апрелдаги ―Умумий
ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг Давлат таълим стандартларини
тасдиқлаш тўғрисида‖ги 187-сон Қарори //www.lex.uz
2.
Бошланғич таълим концепцияси // тузувчилар: Р.Г.Сафарова ва бошқ.- Тошкент:
РТМ-2015. ЎзМУ хабарлари - 183 - Фалсафа фанлари
3.
Бермус А.Г. Проблемы и перспективы реализации компетентност- ного подхода в
образовании // Интернет-журнал "Эйдос". - 2005. - 10 сентября. -
http://www.eidos.ru/journal/2005/0910-12.htm. - В надзаг: Центр дистанционного
образования "Эйдос", e-mail:
list@eidos.ru
.