RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
2023-yil 2-iyun
213
-differensial va individual yondashuv tamoyili;
-maxsus pedagogik rahbarlik zarurligi tamoyili. [1]
Yuqorida sanab o„tilgan tamoyillarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan
birgalikda qo„llab, imkoniyati cheklangan bolalarga chet tilini o„rgatishda yaxshi natijalarga
erishishimiz mumkin.
Tadqiqot metodologiyasi.
Zamonaviy ta'lim texnologiyalari o'qituvchilar tomonidan
tobora ko'proq talab qilinmoqda, shuning uchun o'yin va aloqa-axborot texnologiyalari
amaliyotda qo'llaniladi. Ushbu texnologiyalarga , loyiha usuli, o'yin va hamkorlik texnologiyasi
kiradi.
Quyida biz o„yin texnologiyasini ko„rib chiqamiz:
O„yin texnologiyasi.
O„yin texnologiyalari - bu o„quvchilarning dars jarayoniga bo„lgan qiziqishini oshirib,
ta‟lim sifatini yuqori darajaga ko„tarish imkonini beradigan ta‟lim shakli hisoblanadi. O„yin
texnologiyasining qiziqarliligi ma'lumotni eslab qolish, takrorlash, mustahkamlash yoki
o'zlashtirishning monoton faoliyatini ijobiy hissiy rangga aylantiradi va o„yin harakatining
emotsionalligi bolaning barcha aqliy jarayonlari va funksiyalarini faollashtiradi. O„yinning yana
bir ijobiy tomoni shundaki, u yangi vaziyatda bilimlardan foydalanishga yordam beradi, talabalar
tomonidan o„zlashtirilgan material o„ziga xos amaliyotdan o„tadi, o„quv jarayoniga rang-
baranglik va qiziqish uyg‟otadi.
Darsning turiga va maqsadiga qarab, o„yinlar juda xilma-xil bo„lishi mumkin. Ular o„quv
materialini mustahkamlash jarayonida ham, ma‟lum bir mavzuni o„rganishning dastlabki
bosqichida ham taklif qilinishi mumkin [2].
Birinchi navbatda, o'yinlarni faoliyat turlari bo'yicha jismoniy (motor), intellektual
(aqliy), mehnat, ijtimoiy va psixologik o'yinlarga ajratib olish kerak. Shuningdek, nogiron
bolalar uchun o'yinlarni tanlashda quyidagi talablarni inobatga olish kerak:
- o„yinning bolaning yoshiga yoki uning hozirgi rivojlanish darajasiga muvofiqligi;
- nuqson tuzilishini hisobga olish;
- asta-sekin murakkablashadigan o„yin materialini tanlash;
- o„yin mazmuni va bolaning bilim tizimi o„rtasidagi bog„liqlik;
- darsning korreksion maqsadga muvofiqligi;
- faoliyatni o„zgartirish tamoyilini hisobga olish;
- yorqin, ovozli o„yinchoqlar va qo„llanmalardan foydalanish;
- o„yinchoqlar va yordamchi vositalarning gigiyena talablariga muvofiqligini inobatga
olish va xavfsizligini ta‟minlash [3].
Quyida keltirilgan “Animals” o„yini inklyuziv ta‟lim jarayonida bolaning nafaqat leksik
bilim darajasini oshiradi, balki xotirani, diqqatni rivojlantiradi:
Dostları ilə paylaş: