Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 1223 International Conference
- ta‘lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini
tushunish;
- psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini
bilish;
- etnopsixologik bilimlarni egallash;
- hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilish;
- hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallash;
- maktab yoshida bolalarnipg psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunish;
- o‗z fanini chuqur bilish;
- o‗quvchilarga tarbiyaviy ta‘sir etishning samarador usullarini kashf etish;
- ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning
mazmunini bilish.
Kasbiy xislatlari:
- yangi O‗zbekiston mafkurasini anglashi;
- zamonaviy maktabda olib boriladigan o‗quv-tarbiya jarayonida umuminsoniy
boyliklar, milliy an‘analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunish;
- o‗qituvchiga xos kuzatuvchanlik;
- o‗z diqqat-e‘tiborini taqsimlay olish;
- rivojlangan pedagogik fantaziya (xayol)ga erishish;
- o‗ziga tanqidiy munosabatda bo‗la olish;
- o‗zini qo‗lga ola bilishi, o‗zini tuta olish;
- pedagogik takt;
- nutqning emotsional ifodalanishi.
Shaxsiy-pedagogik uddaburonligi:
- dars mashg‗ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilish;
- o‗quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olish;
- ta‘lim va tarbiya jarayonida o‗quvchilar ongining taraqqiy etib borishini
istiqbolli ravishda rejalashtira olish;
- pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni
bilish;
- bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‗z faoliyatini rejalashtirishni bilish;
- o‗quv maqsadlarini rejalashtira olish;
- o‗zining talim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olish.
Dostları ilə paylaş: