Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 1224 International Conference
- amaliy masalalarni hal etishda o‗zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez
hal qila olish.
Kommunikativ malakalari:
- bolalarni o‗ziga jalb etishni bilish;
- bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni
tiklashni bilish;
- bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o‗zaro munosabatlarni tartibga
solishni bilish;
- bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‗lashni bilish.
Gnostik malakalari:
- bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilish;
- o‗zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olish;
- boshqa o‗qituvchilarning tajribalarini o‗rganib, undan (nazariy
va amaliy
tomondan) to‗g‗ri xulosa chiqara olish;
- psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilish;
- o‗quvchilarni to‗g‗ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirishni
bilish.
Ijodiy xislatlari:
- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish;
- o‗quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish
va uni amalga oshirish
qobiliyati;
- o‗zini o‗quvchi o‗rniga qo‗yib, bo‗lib o‗tgan hodisalarga uning nazari bilan
qaray olish;
- avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish
qobiliyati;
- o‗zining o‗quvchiga pedagogik ta‘siri natijalarini oldindan ko‗ra bilishga
intilish.
2. Kelajak o‗qituvchisi shaxsining professiogrammasida
uning pedagogik
qobiliyatlari quyidagilardan iborat:
-
didaktik qobiliyatlar – bolalarga o‗quv materiallarni aniq va ravshan
tushuntirib,
oson qilib etkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‗otib, ularda
mustaqil faol fikrlashni uyg‗ota oladigan qobiliyatlardir;
-
akademik qobiliyatlar – muayyan fan sohasi
va uni tadqiq etish bilan
bog‗liq qobiliyatdir;
-
perseptiv qobiliyatlar – bu o‗quvchining, tarbiyalanuvchining ichki
dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o‗quvchi shaxsining vaqtinchalik