Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 1654 International Conference Maktab taʼlimi bolaning turmush tarzini, ijtimoiy mavqeini, sinf jamoasi
va oila muhitidagi oʻrnini oʻzgartiradi. Yaʼni maktabgacha boʻlgan davrdagi
oʻyin faoliyati oʻqish faoliyati bilan almashib, oʻquvchida masʼuliyat hissini
uygʻotadi. Bunda boshlangʻich taʼlimning mazmuni oʻquvchining bilimlarini
egallashga qiziqishi oʻz aqliy mehnat natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy
bogʻliqdir. Shu nuqtai nazardan, oʻquvchilarning egallagan bilim, koʻnikma
va malakalarini muntazam nazorat qilib borish, hamda hayotda qo`llay olish
qobiliyatini shakllantirish, oʻquvchilarning olayotgan bilimlaridagi boʻshliqlarini
oʻz vaqtida toʻldira borish, iqtidorli oʻquvchilardagi intellektual potensialni
muntazam rivojlanishiga shart-sharoit yaratish, oʻquvchilarni kattalar bilan
hamkorlikda faoliyat koʻrsatishga qiziqtirish, ularning salomatliklarini muhofaza
qilish va mustahkamlashga qaratilgan pedagogik yondashuvlar hamda
tajribalarni boyitish, sinfdan tashqari pedago gik tadbirlar rejasini ishlab
chiqish, oʻquv tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan,
pedagogika fanining eng ilgʻor yutuqlaridan muntazam foydalanish,
oʻqituvchilarning ota-onalar bilan hamkorlikdagi faoliyat yuritishlarini yoʻlga
qoʻyish, boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va malakalarini
muntazam oshirib borishda zamonaviy usullardan foydalanish kabi vazifalarni
amalga oshirishni nazarda tutadi.[2]
Bugungi kunda boshlangʻich taʼlim konsepsiyasida mazkur tizimning
maqsad va vazifalari aniq belgilab berilgan boʻlib, bolaning ongi va tafakkuri
mavjud boʻlgan yashirin imkoniyatlarni aniqlash hamda rivojlantirish kichik
maktab yoshidagi bolalarda taʼlimning dastlabki davridan boshlab yangi
imkoniyatlarning oʻquv materialini muvaffaqiyatli oʻzlashtirishgagina emas,
balki hayotiy muammolarni yechishga ham tayyorlaydi, oʻquvchilarda
oʻrganish va taʼlim jarayoniga boʻlgan qiziqishini oshiradi. Mazkur masalaga oid
aniq vazifalar qoʻyidagilarda oʻz aksini topgan:
1. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻqish, oʻrganish, oʻzlashtirgan
bilimlarni qoʻllash va koʻnikmalarni shakllantirish;
2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida yuqori darajada shakllangan bilish
jarayoniga, bilish faoliyatiga intilishni kuchaytirish.
Demak, yuqoridagi vazifalardan shu narsa yaqqol namoyon
boʻlmoqdaki, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻquv faoliyatiga qiziqish va
moyilliklarini shakllantirish, shuningdek, intilishlarini oshirish muhim
omillardan biri boʻlib, mazkur jarayonda oʻquvchining individual-psixologik
xususiyatlarini inobatga olish uning asosi hisoblanadi, yaʼni boshlangʻich