Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 1655 International Conference taʼlimning mazmun mohiyatini kashf etadi. Bunday yondashuvsiz taʼlimning
boshlangʻich pogʻonasini sifat-samaradorligini oshirishga erishish mushkuldir.[3]
Bu borada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻquv faoliyatiga
qiziqishlarini shakllantirish maqsadida, oʻquv jarayoniga boshlangʻich taʼlim
mazmunini integratsiyalashni targʻib qilish, yangi innovatsiyalarni kiritish,
axborot kommunikativ texnologiyalardan unumli foydalanish natijasida taʼlim
sifatini oshishiga erishiladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini oʻquv jarayoniga
tayyorlashda oʻquvchilarning shaxsiy individual-psixologik xususiyatlarini
hisobga olish, oʻquv jarayoniga jalb etishning pedagogik-psixologik asosini tashkil
etib, ularda oʻziga ishonch hissini shakllantiradi.
Oʻquvchining irodasi oʻz psixik jarayonlarini sharoit talabi bilan ongli
ravishda tormozlantirishda ayniqsa keraksiz his-tuygʻularni bosib turishda
koʻrinadi. Baʼzan bolaning xulqi oʻqituvchida qonuniy ravishda gʻazab
tugʻdiradi. Lekin, bunday vaziyatda oʻqituvchi oʻzini tutishi, vazmin boʻlishi
kerak.
Taʼlim jarayonining muvaffaqiyati koʻp jihatdan oʻqituvchining
pedagogik qobiliyatiga va qiziqishiga bogʻliqdir. F.N.Gonobolinning
taʼkidlashicha, oʻquvchining baʼzi psixik jarayonlari va xususiyatlari unda
oʻqituvchi shaxsiga xos sifatlarning shunday kompleksini tashkil qiladiki, buni
pedagogik qobiliyat desak mubolagʻa boʻlmaydi[4].
Pedagogik-psixologik taʼsir koʻrsatish metodikasi bolalarning ijtimoiy-
foydali faoliyatni pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish
uchun foydalaniladigan vositalar tizimidan iboratdir. Bu vositalar
tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan boʻlib, bolalarning xulq-atvorini
ragʻbatlantiradi, ularning qiyin va murakkab vazifalarini quvonch, ijodiy zavq-
shavq manbaiga, har bir tarbiyalanuvchi oʻquvchining shaxsiy muddaolariga
aylantiradi. Fan, u qanday fan boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻz usullarini yoʻq narsadan
yaratmaydi, ularni oʻylab topmaydi. U hayotdan, kishilar xulq-atvorining real
omillarini, bolalar hayotini pedagogik-psixologik jihatdan maqsadga muvofiq
tarzda tashkil etish vazifalariga javob beradiganlarini tanlab oladi, taʼlimiy va
tarbiyaviy ishda pedagogik-psixologik taʼsir koʻrsatish usullari sifatida qoʻllaydi.
Xulosa oʻrnida aytish joizki, oʻqituvchi oʻquvchining ichki dunyosini tushinishi
uchun psixologik bilimlarga yaxshi ega boʻlishi zarur. Bu oʻquvchining darsga
qiziqtira olishi, oʻquv materiallarini tushuntira bilishi, oʻquvchining bilimlarini
toʻgʻri baholay olishi, bolalarga ijobiy tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishi, oʻquvchilar
jamoasining mehnatini tashkil etib, ularga rahbarlik qila bilishi, pedagoglarga xos