Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Umumiy o`ta ta`lim maktablarida keng qo‘llanilayotgan eng samarali metodlar asosida darslarni tashkil qilish, noan`anaviy usullardan o`rinli foydalanish metodlarini ishlab chiqish va uni hayotda tadbiq etishdir. Vaholanki, boshlang`ich sinflar ona tili darslarida o`quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirish va mustahkamlashda turli-tuman qiziqarli texnologiyalarni qo`llash o`quvchilar faolligini ta`minlaydi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida imloviy bilimlarni yanada takomillashtirish uchun har jihatdan samarali bo`lgan dars uslublarini ishlab chiqish, tajriba –sinov darsida ko`proq samarali deb baholangan usullarni tadbiq qilish mazkur ish alohida alohida turgan eng muhim maqsaddir.
Bunday usullar jumlasiga grammatik o`yinlar, testlar, diktant turlari, boshqotirmalar mansub bo`lib, ulardan ona tili darslari uchun maqsadga muvofiqlarini tanlab olish lozim.
Bitiruv malakaviy ishining ob‟yekti. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda 3-sinf o`quvchilari uchun tushunarli bo`lgan materiallar asosida imloviy bilimlarni takomillashtirish samarali deb topilgan uslublarni to`pladik va bu usullarni dars jarayonida qo`llash metodikasini bayon qildik.
Ishda qo`laniladigan metodlar. Mazkur ishni yozish jarayonida o`qitishning umumdidaktik tamoyillari asosida qo`llaniladigan metodlardan foydalandik:
dastlab o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib adabiyotlar bilan ishlash metodidan;