Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə34/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

3. Metodik birlashmalar
Metodik birlashmalar - maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga oid eng dolzarb masalalar muhokama etiladigan va hal qilinadigan uslubiy tuzilmalardir.
Metodik birlashmalarning asosiy vazifasi - pedagog va tarbiyachilarning ijodiy faolligini oshirish va yangilikkaintilishlarini qo'llab-quvvatlash, o'z ishiga tanqidiy munosabatda bo'lish va xolisona baho berish ko'nikmasini shakllantirish, zimmasidagi vazifalarga yuksak mas'uliyat hissini qaror toptirish, kasb mahorati va malakasini uzluksiz oshirib borishga yo'naltirishdan iborat.
Metodik birlashmalar butun o'quv yili davomida (sentyabrdan maygacha) faoliyat olib boradi. U turli toifadagi pedagogtarbiyachilar, musiqa rahbarlari, mudiralar faoliyatini takomillashtirish, ularning kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Bizning fikrimizcha, maktabgacha ta'lim muassasalari soni ko'p bo'lgan yirik tumanlarda bunday birlashmalarni bo'lim (yoki bir necha bo'lim) shaklida tashkil etish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Har bir bo'limda 18-20 maktabgacha ta'lim muassasalari kiradi.
BirIashmaning ishlash muddati, faoliyat doirasi va vakolatlari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Odatda, uning yig'ilishlari 2 oyda bir marta o'tkaziladi.
Metodik birlashma tarkibini shakllantirishda pedagoglarning ish staji, kasb mahorati va malakasi e'tiborga olinadi. Masalan, mudiralar uchun tashkil etilgan metodik birlashma tarkibiga kiritiladigan pedagoglar (yirik tumanlar uchun) oliy ma'lumotli, besh yil va undan ziyod ish stajiga ega bo'lishi zarur:
O'rta va maxsus ma'lumotga ega va ish staji kam bo'lgan mudiralar va metodistlar uchun ham metodik birlashmalar shunday tartibda tashkil etiladi.
Tarbiyachilar uchun metodik birlashmalar tashkil etishda esa ularning joriy yilda qaysi yoshdagi bolalar guruhida ishlagani e'tiborga olinadi.
Metodik birlashmalarning ko'rgazmali qurollar va yangi uslubiy adabiyotlar ko'rgazmalarini tashkil etish borasidagi faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Metodik birlashma ishining samarasi uning faoliyati maktabgacha ta’lim bo'limi va metodika kabineti tomonidan qay darajada boshqarilayotganiga ham bog'liq.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar metodika kabinetlari metodika birlashma rahbari va xodimlari malakalarini oshirish ishini yo'lga qo'yadi, jumladan, bir yilda 2-3 marta uslubiy birlashmani tashkil etish va rejalashtirish, uni boshqarish, zamonaviy fan yutuqlari, ilg'or tajribalarni o'rganish va tatbiq etish kabi mavzularda Amaliylar tashkil etadi.
Shahar, tuman maktabgacha ta'lim bo'limlari metodika kabineti reja tuzish, ma'ruzalar tayyorlash, turli ko'rgazmalarni tashkil etishda birlashmalar rahbarlariga yordam beradi.
Maktabgacha ta'lim bo'yicha tayyorlangan barcha uslubiy ishlanma va qo'ilanmalar, amaliy taklif-tavsiyalar, avvalo, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligiga taqdim etiladi. Ular vazirlik tomonidan ko'rib chiqilib, tasdiqlangandan so'ng maktabgacha ta'lim muassasalariga tarqatiladi.
Metodik kabinet o'z oldidagi vazifalarni hal etishda materialning mazmun-mohiyatiga, belgilangan talablarga javob berishi, o'tkazilayotgan tadbirlarda, xususan, Amaliylarda yangi uslubiy ishlanmalar, adabiyotlar muhokamasiga alohida e'tibor berishi lozim.
Uslubiy-pedagogik yig'ilishlar asosan ilk yosh guruhlari tarbiyachilari uchun o'tkaziladi. Ularda, asosan, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va aqiy rivojlanishi masalalari muhokama qilinadi. Bunday yig'ilishlar 1 yoshdan 2 yoshgacha guruhlarda har oyda, 2 yoshdan 3 yoshgacha guruhlarda har chorakda 1 marta o'tkaziladi. Yig'ilishlarda mudira, metodist va tarbiyachilardan tashqari, shifokor, katta hamshira ham ishtirok etadi.
Metodik birlashma faoliyati metodist tomonidan nazorat etiladi.
Mamlakatimiz hududidagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini uslubiy ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi tizimida maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha metodika uyushmalari faoliyat yuritadi.
Metodika uyushmalarining maqsadi:
- maktabgacha ta'lim muassasalarining har bir yo'nalish bo'yicha turli yosh davrlariga tegishli ta'lim faoliyatini muvofiqtashtirish;
- zamonaviy ta'lim-tarbiya berishning innovatsion g'oya va yangi pedagogik texnologiyalarni o'rganish va keng targ'ib qilish, ilg'or tajriba va ijodiy tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish;
- ta’lim muassasalari pedagog va tarbiyachilarining kasb mahorati va malakasini oshirish maqsadida mahorat maktablari, amaliy mashg'ulotlar, yangi pedagogik, uslubiy adabiyotlar, ta'limga oid va didaktik o'yin vositalari ko'rgazmasi, Amaliy-treninglarni muntazam ravishda tashkil etish orqali uslubiy yordam ko'rsatishdan iborat.
Metodika uyushmalarining asosiy vazifalari:
1. Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari tomonidan maktabgacha ta'lim yo'nalishiga oid me'yoriy hujjatlar va metodik ishlarni o'rganadi hamda ta'lim muassasalarida ta'limtarbiya jarayoniga tatbiq etish yo'llarini ko'rsatib beradi.
2. Viloyat metodika markazlarida maktabgacha ta'lim muassasalarining tajribali pedagoglari tarkibidan yo'nalishlar (rahbar, melodist, tarbiyachi, logoped, defektolog, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi) bo'yicha trenerlar guruhi tashkil etiladi. Trenerlarning har biri o'z yo'nalishi bo'yicha yangi metodik tavsiyalar va me'yoriy hujjatlar bilan metodik uyushma rahbarlari uchun ikki oyda bir marta mashg'ulotlarni tashkil etadi.
3. Tuman (shahar) miqyosidagi ilg'or pedagogik ish tajribalarini o'rganadi hamda ulardan eng samaralilarini metodika uyushmasi qarori bilan tuman (shahar) bo'yicha ommalashtiradi.
4. Tuman (shahar} miqyosida ommalashgan innovatsion ish uslublariga ega muassasalar ish tajribasini viloyat bo'yicha ommalashtirishga tavsiya etadi.
5. Ta'lim muassasalari tarbiyachilarining metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish maqsadida, ta’limtarbiya faoliyatining zamon talabiga mosligini,qo'yilgan talablarning bajarilishi va ijodiy fikrlarning ta'lim jarayoniga to'g'ri yo'naltirilganini kuzatib boradi.
6. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan Davlattalablari»ningyo‘nalishlar bo'yicha ba-jarilishi va tayanch dasturining ishlashini ta'minlashga rahbarlik qiladi.
7. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari»ning ijrosini o'rganish uchun zarur bo'lgan test topshiriqlari va boshqa nazorat materiallarini tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
8. Shahar va tumanda tegishli ta'lim yo'nalishining tatbiq etish ahvolini o'rganadi, tahlil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning Davlat talablari asosida egallagan malaka va ko'nikmalaridagi bo'shliqlarni aniqlaydi va ularni to'ldirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilaydi.
9. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan Davlat talablari» ijrosini ta'minlash, ta'lim sifat va samaradorligini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini ilg'or pedagogik texnologiyalar bilan boyitish, unga yangi innovatsion g'oyalarni tatbiq etishga ko'maklashuvchi tavsiyalar ishlab chiqadi va ularni ta'lim muassasalariga yetkazadi.
10. Tuman (shahar) miqyosida tegishli ta'lim yo'nalishlarining metodik ta'minotga bo'lgan ehtiyojini aniqlaydi.
11. "Ilk qadam" dasturi, metodik qo'llanma va boshqa yangi metodik nashrlar, shuningdek, taTim-tarbiya jarayoniga doir ilmiy maqolalarni o'rganadi va muhokama qiladi.
12. Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari ko'rsatmasi bilan sohaga oid yaratilayotgan yangi dastur, qollanmalarni tahlil qiladi va asoslangan xulosalar taqdim etadi.
13. Maktabgacha ta’lim muassasalarini maxsus sanitariyagigiyena talablari asosida jihozlanishiga metodik yordam beradi.
14. Tuman (shahar) miqyosida tegishli yo'nalish bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg'or ish tajribalarini o'rganishga yo'naltirilgan o'quv-metodik Amaliylarni tashkil etadi.
15. Tuman (shahar) miqyosida tarbiyachilarning uzluksiz malaka va mahoratlarini oshirib borishlarini ta'minlaydi.
16. Tuman (shahar) maktabgacha ta'lim muassasalarining ilg'or pedagogik tajribalari, ijodkor tarbiyachilari haqida axborotlar bazasini tashkil etadi.
17. Ta'lim muassasalarida turli yo'nalishdagi to'garaklar faoliyati va noan'anaviy guruhlarning ishlarini o'rganadi, ularga tegishli yordam ko'rsatadi.
18. Tuman (shahar) miqyosida o'tkaziladigan ikkinchi bosqich ko'rik-tanlovlarni o'tkazishga yordam beradi.
19. Ta'lim muassasalarining yangi o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlanishini nazorat qiladi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin