Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə32/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

Institutning asosiy funksiyalari:
- Maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma'naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta'lim tizimini metodik ta'minlash, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish sohasida:
- O'quv-tarbiya jarayoniga, xususan, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o'qitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish sohasida:
- Milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi o'quv-metodik, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar sifati va mazmunini yanada boyitish, o'yin va o'yinchoqlar sonini ko'paytirish sohasida:
- Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo'yicha metodik ishlarni tashkil etish sohasida:
- O'quv-tarbiyaviy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishni nazorat qilish bo'yicha rahbarlar va mutaxassislar ko'nikmalarini takomillashtirish va ta'lim sifatini baholash sohasida:
- Xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar o'tkazish orqali maktabgacha ta'lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan shunga o'xshash xalqaro maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish sohasida:
Instituting huquqlari
- Institut unga yuklangan funksiyalar va vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
-ta'lim mazmunini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo'yicha takliflarni vazirlikka kiritish;
-maktabgacha ta'lim mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha dasturlar, o'quv qo'llanmalari; ilmiy asarlar to'plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik ko'rsatmalar hamda qo'llanmalar tayyorlash va nashr etish;
- aholiga, turli tashkilotlarga pulli ta'lim xizmatlari va boshqa xizmatlarni ko'rsatish, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va asosiy faoliyatga zid bo'lmagan faoliyatning barcha turlarini amalga oshirish;
- kafedralar va bo'limlarni o'zgartirish, yangilarini tashkil etish va mavjud kafedra va bo'limlarni tugatish, tasdiqlangan shtat jadvali doirasida shtat birliklarini bir bo'linmadan boshqa bo'linmaga o'tkazish bo'yicha Vazirlikka takliflar kiritish;
- professor-o'qituvchilar tarkibiga, boshqa xodimlarga belgilangan tartibda rag'batlantiruvchi ustamalar tayinlash;
- Institut xodimlarini yuksak mehnat ko'rsatkichlari uchun davlat va idoraviy mukofotlar bilan mukofotlash to'g'risida Vazirlikka takliflar kiritish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish bo'yicha faoliyat sifatini va samaradorligini ta'minlash chora-tadbirlarini ko'rish;
- hamkorlik doirasida mualliflik ishlarini ishlab chiqishga tajribali mutaxassislar, pedagoglar va xodimlarni jalb qilish (zarur bo'lsa shartnomalar asosida);
- qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartishlarga muvofiq o'quv dasturlariga tuzatishlar kiritish;
- o'z vakolatlari doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
- xorijlik tajribali pedagog-mutaxassislarni jalb qilgan holda ilg'or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlari malakasini muntazam oshirish uchun qisqa muddatli va aniq maqsadga yo'naltirilgan kurslar tashkil etish;
-xodimlarni o'qitish, Amaliylar va konferensiyalarda qatnashish uchun xorijga tajriba almashish va innovatsion pedagogika texnologiyalarini va ilg'or metodikalarni o'rganish bo'yicha tajriba orttirishga yuborish;
- maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga doir dolzarb va istiqbolli vazifalarni hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlarda ishtirok etish;
- o'z faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish.
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'Iishi mumkin.
Institut o'z faoliyatida bevosita Vazirlikka bo'ysunadi va unga hisobot beradi. Institut ishlariga O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi.
Institutda o'quv-metodik ishlarga o'quv va metodik ishlar bo'yicha prorektor, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy ishlarga - ma'naviy va ilmiy ishlar bo'yicha prorektor, moliya-iqtisodiy ishlar bo'yicha - moliya-iqtisodiy ishlar bo'yicha prorektor rahbarlik qiladi.
Prorektorlar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar Institutda rektor raisligida Ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi.
Ilmiy-metodik kengash tarkibi Institut rektorining buyrug'i bilan tasdiqlanadi. Ilmiy-metodik kengash tarkibiga prorektorlar, kafedralar va bo'limlar rahbarlari, shuningdek, yetakchi professorlar va o'qituvchilar, jamoat tashkilotlari vakillari kiritilishi mumkin.
Ilmiy-metodik kengashning vazifalari:
- Institut, uning kafedralari va bo'limlari rejalari va hisobotlarini ko'rib chiqish, Institut faoliyatini takomillashtirish bo'yicha o'quv ish rejalari va kurslar dasturlarini, tavsiyalarni
muhokama qilish;
- Institut ilmiy-metodik va tashkiliy ishlarining asosiy yo'nalishlarini ta'minlash va belgilash, samarali qayta tayyorlash va malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirishning davlat talablari, o'quv rejalari va dasturlar bajarilishini ko'rib chiqish;
- Institut kafedralari va bo'limlarini ochish, ularning faoliyatini o'zgartirish va tugatish bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqish;
- Institut doktorantlari va izlanuvchilari bilan menejment (ta'limni boshqarish] bo'yicha ilmiy faoliyat olib borish;
- darsliklar, o'quv qo'llanmalari, ilmiy, o'quv-metodik adabiyotlarni e'lon qilish masalalarini ko'rib chiqish;
- Institutni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlash.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin