2. Maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi va metodika kabineti ishining mazmuni va asosiy shakllari Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiytadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha ta'lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat pedagog kaidrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogik jarayonlar va ta'limtarbiya ishlarini takomillashtirish, «Ilk qadam» dasturini to'liq bajarilishini ta'minlaydi;
Ilg'or ish tajribalarni o'rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlari, nazoratchimetodist, mudiralar, metodistlar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahlil etish asosida);
Maktabgacha pedagogika ilg'or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalq pedagogikasi an'analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiyuslubiy asoslari, yo'1-yo'riqlarmi ishlab chiqadi.
Metodika kabineti o'z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko'ra: Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o'rganadi;
«Ilk qadam» dasturida ko'zda tutilgan vazifalarni to'laqonli amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;
Respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma'ruzalar o'qishga, Amaliy-mashg'ulotlar o'tkazishga va to'garaklar ishini olib borishga jalb etadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodika kabineti huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas'uldir. Kengash tarkibiga metodistlar, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o'quv yurtlarining yetuk professor-o'qituvchilari kiradi.
Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalashtirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, ta'lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, metodika kabinetlarining ilg'or pedagogik tajribalarni to'plash borasidagi amaliy faoliyati, maktabgacha ta'lim bo'yicha uslubiy qo'llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash bilan bog'liq masalalar hal etiladi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma'ruzalar, Amaliytreninglar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi).
4. Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona tashkil qilinadi.
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha ta'lim vazirligi, boshqarmalari va bo'limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi.
Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi.
Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi.
Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichmabosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta’lim muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo'lga qo'yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo'lgan muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta'lim muassasalari soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat.
Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta’lim bo'limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, Amaliy mashg'ulotlari, ma'ruzalar va boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.