Pedagogika instituti maktab menejmenti kafedrasi maktabgacha ta


-MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI BO‘YICHA METODIK ISHLARNI TASHKIL ETISH VAZIFALARI



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə31/73
tarix03.10.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#151603
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
maktabgacha ta\'lim menejmenti orginal

9-MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI BO‘YICHA METODIK ISHLARNI TASHKIL ETISH VAZIFALARI
Reja:

1. Maktabgacha ta'limga uslubiy rahbarlik ishining tashkiliy tuzilishi va vazifalari


2. Maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi va metodika kabineti ishining mazmuni va asosiy shakllari
3. Metodik birlashmalar
4. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish
5. Amaliy va Amaliy mashg'ulotlari
Tayanch tushunchalar: MTM, metodik birlashma, ko'chirma-papka, tibbiy-pedagogik yig'ilish, ochiq tadbirlar


1. Maktabgacha talimga uslubiy rahbarlik ishining tashkiliy tuzilishi va vazifalari

Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi hamda maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, maktabgacha ta'limda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatadi.2


Institutning rasmiy nomi:
a) davlat tilida: to'liq nomi - Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, qisqartmasi - MTMRMQTMOI;
b) rus tilida: to'liq nomi - Institut perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii rukovoditeley i spetsialistov doshkolnix obrazovatelnix uchrejdeniy, qisqartmasi - IPPKRSDOU;
v) ingliz tilida: to'liq nomi - Institute for Retraining and Advanced Training of Preschool Education Personnel and manager, qisqartmasi - IRATPEPM.
Institut o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalaririing qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, o'z Ustaviga amal qiladi.
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Institut ta'lim muassasasi sifatida maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, ushbu yo'nalishda o'quv, ilmiymetodik, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi.
Institutning asosiy vazifalari
- Maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarning ma'naviy-axloqiy saviyasini oshirish, ularni tayyorlash, maktabgacha ta'lim tizimini metodik ta'minlash, ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
- O'quv-tarbiya jarayoniga, xususan, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o'qitish va tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- Maktabgacha ta'limning milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi o'quv-metodik, didaktik materiallari, badiiy adabiyotlari sifati va mazmunini yanada boyitish, o'yin va o'yinchoqlar sonini ko'paytirish;
- Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish bo'yicha metodik ishlarni tashkil etish;
- O'quv-tarbiyaviy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va nazorat qilish bo'yicha rahbarlar va mutaxassislar ko'nikmalarini mustahkamlash va maktabgacha ta'lim sifatini baholash;
- Xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar o'tkazish orqali maktagacha ta'lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan shunga o'xshash xalqaro maktabgacha ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- Xorijiy maktabgacha ta'limtashkilotlariningo'qituvchilarini jalb qilgan holda malaka oshirish va ilg'or tajribani almashish uchun qisqa muddatli Amaliylar tashkil etish.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin