Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə13/93
tarix20.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#145825
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pe-hozir.org (1)

MAVZU: OILA VA UNING VAZIFALARI

Reja.
  1. Oila tushunchasi.


  2. Oilaning vazifalari:


  3. Jam iyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari;


  4. Odam larga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari.




Tayanch tushunchalar: oila, jamiyat, oila vazifalari, jamiyatdagi munosabat, odamlarga munosabat.
Oila haqida bir necha xil tushunchalar mavjud: birinchidan, oila-bu nikoh va qon-qaridoshchilikni asoslangan kichik ijtimoiy guruh, uning a’zolari birgalikda yashaydilar va uy ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o‘zaro majburiyatlar bilan birlashganlar. Ikkinchidan, oila bu-ijtimoiy institut bo‘lib unda odamlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo‘ladi. Ana shu o‘zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi: intim munosabatlari,farzand ko‘rish va bolaning boshlang‘ich ijtimoiylashish, tarbiyalash, tibbiy hizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Oila-nikoh munosabatlari insoniyatga qadim davrlardan ma’lum. Neolit davridayoq (15-20 ming yij ilgari) ongli inson paydo bo‘lganda, odamlar jamoasi paydo bo‘lgandayoq ularning birgalikda xo‘jalik yuritishdagi va bola tarbiyalashdagi vazifalari tabiiy jinsiyligi, yoshiga qarab (erkak, ayol) ajratilishiga asoslangan. Tarixda qayd etilgan oilaviy munosabatlarda farqlar bo‘lishiga qaramay hamma oilalarni birlashtiradigan qanadydir umumiylik bor. Bu oilaviy tarzda hayot kechirishdir, bunda insoniyat yashashning yagona imkoniyatini topgan. Olimlar oilaning turli vazifalarini ko‘rsatadilar. Biz birinchi navbatda bolani tarbiyalash va rivojlantirishga taalluqlilarigagina to‘xtalib o‘tamiz.
Reproduktiv vazifasi
(produktio lotincha so‘z – qayta ishlab chiqarish, ko‘payish) oilaning muhim bo‘lgan vazifalaridan reproduktiv (jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirgan) Reproduktiv vazifasi inson zotini davom ettirish zaruriyati sababini asoslaydi. Xozirgi kunda 2-3 odamdan tashkil topgan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning aytishlaricha bolalar ota-onalarining erkinliklarini cheklaydialr: ta’lim olishda, ishda, malakasini oshirishda, o‘zining qoboliyatini amalga oshirishda.
Afsusuki, bolaga ega bo‘lmaslik faqat mavjud bo‘lmay, ba’zilari farzand ko‘rishga layoqatli bo‘lsalarda, farzandorttirmay shunday o‘tadiganlar soni evropa mamlakatlari oilalarida ortib bormoqda. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: tug‘ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota-onalaridan alohida yashashlari, ajralishlari o‘sib borishi sababli bir ota yoki onalik oilalar soni ortib bormoqda, aholining sog‘lig‘i sifati mamlakatda sog‘likni saqlash rivojlanish adrajasi. Ekspetrlarning baholashlari bo‘yicha yomon, noqulay ekologik sharoit, axloqsiz hayot kechirish, yomon ovqatlanish, kasalligi va boshqa turli xil sababli yoshi katta aholining 10-15 %i sog‘ligi holati sababli bolaga ega bo‘lish mumkin emas.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin