Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


L.N.Tolstoyning pеdagogik qarashlari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə8/93
tarix20.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#145825
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   93
Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pe-hozir.org (1)

L.N.Tolstoyning pеdagogik qarashlari

Nazorat uchun savollar
1. K.D.Ushinskiy darsliklari va «Tarbiyada xalqchillik g`oyasi».
3. K.D.Ushinskiy oila tarbiyasi, aqliy, axloqiy tarbiya va uning vositalari haqida.
4. K.D.Ushinskiyning didaktik ta'limoti va uning ahamiyati.
5.K.D.Ushinskiyning pеdagogika, maktab va maorif taraqqiyotidagi o`rnini izohlab bеring?
6. L.N.Tolstoyning pеdagogik qarashlari?


MAVZU: O‘ZBEKISTONDA OILA PEDAGOGIKASI FANINING RIVOJLANISHI TARIXIDAN

Reja:
  1. O‘rta asrlarda oila pedagogikasiga oid fikrlar.


  2. M a’rifatparvar o‘zbek pedagog-olimlari oila tarbiyasi xususida.


  3. XX asrda oila tarbiyasiga doir yondashuvlar va ularning mohiyati.


  4. Mustaqillik yillarida oila tarbiyasi masalasi.





Tayanch tushunchalar: O‘rta Osiyo, oila, pedagog-olimlar, oila tarbiyasi, yondashuvlar, mustaqillik yillari.
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o‘z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g‘oyani ilgari surgan edilar. Ular o‘z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat ma’nfaatlari bilan bog‘li q deb isbotlamo q chi bo‘lganlar. SHunga ko‘ra bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug‘ullanishi kerak, degan g‘oya ilgari surilgan. Ammo, sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug‘ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar.
Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga, axlo q -odobga oid qator g‘oya va qarashlarni ko‘rish mumkin. “Avesto”da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu boisdan har bir yoshni yaxshi o‘ q ish va yozishga o‘rgatish lozim. Uni yosh paytidano q mehnat q ilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko‘chati o‘tkazishga, uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, erga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatilishi shart. Zotan uning fikricha yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi mehnat qilishi zarur, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his qilmaydi, hayotning qadriga ham etmaydi.
U yuqoridagi fikrni davom ettirib, “Inson nafaqat mehnati tufayli o‘zini va oilasini boqadi, balki unda erga va yurtga bo‘lgan muhabbati ham paydo bo‘ladi. Zotan har bir inson o‘zi o‘sibg‘ulg‘aygan zaminni, mamlakatni eng yazshi va go‘zal mamlakat deb tushunmog‘i kerak”. Uning bu fikrlaridan har bir inson fa q at o‘zining emas balki farzandlarini ham mehnatsevar qilib tarbiyalashi lozim. CHunki mehnatsevar bo‘lmasdan turib, o‘z erini, o‘z Vatanini seva olmasligi tabiiy.
Qur’oni Karim, hadisi SHariflarda oila va oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga oid bir butun izchil qarashlar tizimi mavjud bo‘lib, u o‘z ichiga oilaning shakllanishi, rivojlanishi va mustaxkamlanishiga qaratilgan barcha jihatlarni qamrab oladi. Bu qarashlar ilohiyot nu qtai nazaridan o‘rtacha qo‘yilsada ular kishilarning turmush tarzlari, oilaviy munosabatlari talabidan kelib chi q ganligi uchun ham kundalik turmushga muvofi q dir. Islomda oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Bu xususiyatlar musulmonchilik talablaridan kelib chi q qan bo‘lib, insonni ma’naviy-axlo q iy tarbiyalash ha qidaga umumiy g‘oya bilan bog‘liq. Musulmon oilalarida kuyov va kelinning avlod-ajdodlarining kelib chiqishini o‘rganish, jismoniy va ma’naviy poklikga e’tibor berish an’anaga aylangan. Islomiy ma’naviyatda bolani oilada axlo qiy tarbiyalash ha qidagi qarashlar insoniylikga, ezgulikga va yaxshlikga da’vat etgan uchun ham umuminsoniy mazmunga egadir. SHunga ko‘ra, islom musulmonlariga xos bo‘lgan diniy qadriyatgina bo‘lib qolmasdan, balki umuminsoniy qadriyatdir. Milliy musta q illik natijasida dinga va diniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi va u oilada bolalarni axlo q iy tarbiyalashning muhim omillaridan biriga aylanib, oilada tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga yordam bermo qda.
SHarq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya ha q idagi qarashlari islom mafkurasi va uning qobig‘ida shakllangan. SHarq mutafakkirlari ijodida aks etgan umuminsoniy g‘oyalar islomiy ma’naviyat bilan hamohangdir.
SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad qoshg‘ariy, YUsuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axlo qiy tarbiyalash masalalari o‘rtaga qo‘yilgan va ularni hal etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning aytishicha, “Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli”. SHunga ko‘ra ularni o‘zviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi so‘zlari anchayin ibratlidir: “Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiro q talim oladigan o‘quvchini ko‘rmadim”. Uning bu so‘zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal q iluvchi ta’sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.
Abu Rayxon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan bog‘laydi. Inson tabiati esa avvalo oilada shakllanadi. SHunga ko‘ra bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunali benihoya kattadir. Masalan u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Jafar tilidan shunday deb yozadi: “Rashkdan saqlangin. U talo q ning kalitidir. Eringga tez-tez tanbeh qilishni senga ta’qiqlayman. CHunki tanbeh nafrat uyg‘otadi. o‘zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. YAna xushbo‘y atirlardan foydalangin. Ularning ichida eng yaxshisi suvdir”. Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga ta’lu q lidir.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o‘rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan, u erda ma’naviy poklik ham bo‘ladi. Bu fikrni-tanani toza tutish bilangina cheklab bo‘lmaydi, balki ko‘p harakat qilishga cha qiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat ha qidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to‘g‘risidagi g‘oya bilan bog‘li qdir. Bu narsa bola tarbiyasi jismoniy sog‘lomlik bilan ma’naviy-axloqiy boylik o‘rtasidagi o‘zaro muvofi qlik ha qidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo‘‘tadillikda sa q lashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish va hafalikdan, uy qusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzo q lashtirishga harakat qilish kerakligini u qtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xul qlarni keltirib chi q aradi. Mutafakkir bola-xulq atvorining mo‘‘tadilligi natijasida tan va ruh sog‘lomligi kelib chi q ishini ham ilmiy asoslab beradi. Beruniy bola tarbiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta’sirini birdek muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi. Beruniy axlo q iy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chi q qan holda yondoshadi. Axlo q iylik yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida namoyon bo‘ladi va shakllanadi. Uning bu fikri o‘z davri uchun yangi va ilmiy bashorat edi.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o‘rin egallaydi. U o‘zining qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi ha qida, eng muhimi bola ruhiyatini o‘rganish borasida ko‘plab qimmatbaho fikrlarni yozadi. Ularning hammasi bir butun bo‘lib, muayyan pedagogik qarashlar tizizimini tashkil etadi va u ma’naviy-axlo q iy barkamol insonni shakllantirish ha qidagi g‘oyaga borib ta qaladi. Ibn Sinoning “Tadbiri al-manozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalalariga bag‘ishlangandir.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo‘lib, uni bolaning yoshligidan boshlab va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati ha qida to‘xtalib, “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish or qali bolaga jismoniy orom bag‘ishlanadi; ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo‘sh uradi, bolasiga bo‘lgan muhabbatidan onaning orzu umidi yurak to‘ridan sil q ib chiqadi. Bu o‘ziga xos qo‘shi q bolasi uchun qasidadek yangraydi va u farzandining murg‘ak qalbiga singib boradi. SHu tarzda bolada o‘zi ham anglolmagan xolat paydo bo‘ladi. U asta-sekin bu yorug‘ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o‘rganish boshlanadi. Xuddi shu o‘rganish tarbiyalanishdir. Zotan o‘rganish sezishdan kelib chi qadi. Ibn Sino ana shu xolatga e’tiborini qaratib, “YOsh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”, degan fikrni bildiradi.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig‘i otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Agar oilada – deydi u, oila boshlig‘i tajribasizlik, no‘noqlik qilsa u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va og‘ibatda bundan yomon natijalar kelib chi q ishi mumkin”. Bola yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli bo‘ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bu vazifani ma’suliyat bilan ado etishi lozim. Ibn Sino “tadbiri al-manozil” asarida er va xotinning yaxshi sifatlarini sanab o‘tadi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o‘rnak bo‘lib, kelajak ta qdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida u qtiriladi.
Ibn Sino oilada bolani ma’naviy – axloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida urg‘u berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb-xunar o‘rgatishga chaqiradi. Mehnatni ulug‘laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga bo‘lgan salbiy ta’sirini ko‘rsatib beradi.
XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir YUsuf Xos hojib o‘zining “ qutadg‘u bilig”da bola tarbiyasi ha q ida to‘xtalib, shunday yozadi: “Farzand qanchalik bilimli, a qlli-xushli bo‘lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi”. U bola tarbiyasida otaning ma’suliyatiga alohida e’tibor beradi. “Kimning o‘g‘il- q izi erka bo‘lsa, deb yozadi u unga shu kishining o‘zi mungli bo‘lib yig‘laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo‘ysa bolada gunoh yo‘q barcha jafo otaning o‘zida; o‘g‘il- qizning xulq -atvori yaramas bo‘lsa, bu yaramas ishni ota q ilgan bo‘ladi. Ota bolalarini nazorat q ilib, turli xunarlarni o‘rgatsa, ular ulg‘aygach, o‘g‘il- qizim bor deb sevinadi; o‘g‘il- q izga hunar va bilim o‘rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go‘zal bo‘lsin”. YUsuf Xos hojib o‘z asarida shundayfikrlarni o‘rtaga tashlaydiki, ular bola tarbiyasi uchun madhiyadek yangraydi.
YUsuf Xos hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb tushunadi. U beldan madorni, tandan q uvvatni, ko‘zdan nurni, dildan oromni talab q iladi. Uning ta’kidlashicha, agar insonning o‘zida go‘zal fazilatlar bo‘lsa, ularni bosh q alarga o‘rgatishi lozim. Lekin odob-axloq, rasm-rusum odat va prodani hosil qilish uchun zo‘r kuch va harakat kerak bo‘ladi. Bu narsa ta’lim tarbiya natijasida paydo bo‘ladi. Uning bu tarzdagi pedagogik q arashlari bitta asosiy masalaga borib taqaladi. Bu barkamol inson masalasidir. Inson, uning mohiyati, jamiyatda tutgan o‘rni, ijtimoiy vazifasi mutafakkir tomonidan turli jihatlarda tahlil q ilinadi. Odam bolasi bu yorug‘ olamda ezgulik qilish uchun yaratilgan. SHunga ko‘ra uni tarbiyalashdan maqsad uning ongiga odamlar uchun yaxshilik qilish tuyg‘usini singdirishdan iborat. Bu olijanob vazifani bajarish esa ota-onaning zimmasidadir.
SHarqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri Unsurulma-oliy Kaykovusning “ Qobusnoma”sidir. Bu asar Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida muhim o‘rinni egallaydi va qanchadan- qancha avlodlarni ma’naviy-axlo q iy tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoq da. “ Qobusnoma” falsafiy didaktik asar bo‘lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o‘z ichiga oladi. Uning “Farzand parvarish qilmoq zikrida” degan bobi bevosita oiladagi bola tarbiyasiga bag‘ishlanadi. “ Qobusnoma”da ota-onaning qator vazifalari sanab o‘tiladi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. bolaga yaxshi ism qo‘yish;


  2. oqil va mehribon enagaga topshirish;


  3. to‘y-tomosha q ilib, sunnat to‘y o‘tkazish;


  4. o‘qish – yozishni o‘rgatib, kasb – hunar va ilmli qilish;


  5. xarbiylar axlidan bo‘lsa, sipoxiylikni o‘rgatish.


Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib borish lozimligini ta’kidlaydi. “YOsh bola ilm bilan odobni tayoq bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘rganmas. Ammo farzand beadab bo‘lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o‘z qo‘ling bilan urmagil, muallimlarning tayog‘i bilan qo‘r q itgil. Bolalarga muallimlar adab bersinlar, toki sendan o‘g‘lingni ko‘nglida gina q olmasin”.


Kaykovusning “ qobusnoma” asari bugungi kunda ham axlo q iy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy axlo qiy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmo qda.
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o‘rinni egallaydi. Uning fikricha, jamiyatning etukligi, uning ta q diri va kelajak yoshlar kamoloti bilan bog‘li q dir, shunga ko‘ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan olijanob vazifadir, deydi.
A. Navoiy ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug‘layi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo‘lishi bola tarbiyasida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o‘tadi. Masalan uning xotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “YAxshi xotin, deydi Navoiy – oilaning davlati va baxti. uy egasining xotijam va osoyishtaligi undan. husinli bo‘lsa – ko‘ngil ozig‘i, xushmuomala bo‘lsa jon ozig‘idir. O q ila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi. U beandisha bo‘lsa, ko‘ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo‘lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo‘r bo‘lsa, uy obodligi yo‘qoladi, aqlsiz bo‘lsa, oila rasvo bo‘ladi”.
A.Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o‘zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzilishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar ha qida ham yozadi. YAxshi va yomon xul qlar va ularning kelib chiqishi sabablarining ko‘rsatib beradi. Bolada paydo bo‘ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, bora-bora illatga aylanadi – deb uqtiradi.
YUqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ldiki, SHarq murafakkirlari o‘zlarining pedagogik qarashlari bilan o‘z davrlaridan ancha ilgarilab ketganlar. Ularning bu qarashlari bir necha asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmo q da va hozirgi kunda ham ular o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q Ular bizning ma’naviy qadriyatimizdir. SHunga ko‘ra mutafakkirlarning o‘lmas marosi oilada bolalarning ma’naviy axloqiy tarbiyalashning muhim omili bo‘lib qoladi.
O‘zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, tarixiy va ma’naviy o‘zgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy hayotida mazmunan boy ishlar qilindi. O‘zbeksiton Respublikasi 1-Prezidenti I.A. Karimov va xukumatimiz oilani jamiyat negizi sifatida bilib, unga nisbatan g‘amxo‘rlik qilmo qda, uning moddiy-maishiy ravna q i uchun butun imkoniyatlarni ishga solmo qda. Jumladan, yurtboshimiz, oilaning jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida shunday deydi: “Bola tug‘ilgan kundan boshlab, oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhim farzandlar oilaviy hayot maktabi or q ali jamiyat talablarini anglaydi xis etadi”. Bu o‘rinda ilgari surilayotgan pedagogik g‘oyaning tub mohiyati oila tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mustahkamlash, yanada chu qurlashtirish bilan bog‘li qdir. Oila tarbiyasi deganda ota-ona, oiladagi katta kishilar, buva-buvilar, aka-opalar tomonidan bolalarning to‘g‘ri milliy axloq -odob normalari asosida tarbiyalanishini tushunish lozim. Zotan etishishi ota-ona, aka-opa va bosh q alarning o‘zaro muomala munosabatlariga xul q -atvoriga bog‘li q . Xal q imiz: “ qush uyasida ko‘rganini q iladi” deb bejiz aytmagan.
Oila tarbiyasi kabi katta ma’suliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga tushadi. SHu o‘rinda bir narsani alohida aytish kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy ta’sir chan kuch- qudrat bu – Onadir. Ota ko‘pchilik xal qlarda oilaning moddiy ehtiyojlarini qondirish va ta’minlash, qolaversa oilaning xo‘jalik ishlari bilan band bo‘ladi. Bu o‘zbek oilalarining tarixidan ma’lum bo‘lgan ha qi qat va ota-bobolarimizdan maros bo‘lib qolgan an’anadir. SHunga ko‘ra bola bilan ko‘pro q ona birga bo‘ladi. Axir xal qimiz: “Sut bilan kirgan jon bilan chi qadi” deb bejiz aytmagan. YUksak axlo q-odob a qidalari bola ruhiga ko‘pro q ona suti bilan kiradi.
Oila tarbiyasida to‘g‘ri yoki egri o‘sishga bog‘bon mehnati va mahoratiga bog‘liq. Egri o‘sayotgan niholning qaddini rostlab qo‘ymasa, u noto‘g‘ri o‘sadi. YAngi tug‘ilgan go‘dak tarbiyasi bilan shu yosh nihol holati o‘rtasida q andaydir o‘xshashlik mavjud.
Bundan ko‘rinib turibdiki axloq-odobning normalari – kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, xalollik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik va shu kabilar oiladan boshlanadi. Bu zikr qilingan pedagogik falsafiy tushunchalar oila rahbarining dunyo q arashi bilan chambarchas bog‘liqdir. Deylik, dehqon dunyoqarashi uning halol mehnat qilib, dastlab oila to‘kinligi so‘ng xalq farovonligini ta’minlashda ko‘rinadi. Uning barcha faoliyati shu oliyjanob tuyg‘u bilan uyg‘unlashgan. Bu oilada bola mehnatsevarlik ruhida tarbiyalanadi. Turmushning hamma qiralari mehnat bilan ravshanlashadi. Zotan mehnatkash inson har sohada o‘z yo‘lini topa oladi.
Oilada bolaga ma’naviy axloqiy tarbiya berishning asosiy maqsadi ularda axloqiy fazilatlarni hosil qilish va ularni rivojlantirish, ularni yaxshi xul q-atvorga o‘rgatish, ularda ijobiy xatti-harakatlar ko‘nikma va odatlarni vujudga keltirishdan iborat.
Axloqiylik oiladan boshlanadi deb yu qorida ko‘rsatib o‘tdik. Inson dunyoga kelishi bilan o‘zini o‘rab olayotgan muhitni ta’siriga tushadi, atrofdagi vo qea xodisalarga bog‘liq bo‘ladi. CHaqaloq gapira olmaydi. Bu tabiiy holat. Ota-onalarimiz bobo-momolarimizdan, biz esa ota-onalarimizdan, farzandlarimiz esa bizdan o‘rganadilar. Avlodlar vorisligi ham ana shundan kelib chiqadi. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, avlod-ajdodlarimiz axloqiy fazilatlarni bir-birlariga o‘rgatib, bir-birlaridan o‘rganib kelgan. o‘zbekona, milliy axlo qda ota-bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sinovidan o‘tgan sabo qlari va bizga doim madad bo‘lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofati ila milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib kelmo qda. CHunki, bir tomchi bo‘lsa ham ularning qoni tomirimizda o qayotir. Ana shu qonni jo‘sh urdirmoq bilan yuraklarimiz uyg‘o q, dillarimiz ravshan, tafakkurimiz munavvar. Ana shunday kayfiyat bizning dilimizda ko‘p yillardan beri yashirinib kelar edi. Endilikda milliy isti q lol tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Ulardan bolalarni ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalashda foydalanish oilaviy tarbiyamiz uchun ob’ektiv pedagogik zaruriyatga aylandi. Birgina misol: o‘zbeklarda “har bir avlod o‘zining etti pushtini bilishi kerak” degan odat bor. Buning zamirida nasli-nasabning tozaligi va pokligini sa q lashga da’vat bor.
Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida yozadi: “Kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nsl-nasabini, etti pushtini surishtirdim . . . sog‘liq . . . jismonan kamolatini aniqladim . . . barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina . . . kelin tushirdim”. Bu so‘zlarda o‘z qonining tozaligini saqlash uning aynishiga yo‘l qo‘ymaslik va uni oldini olishga intilishini ko‘rish mumkin. Zero qondagi, ruhdagi aynish – millatning ming yillik q adriyatlarini nobud q ilishi mumkin.
Xalqimizda shunday axloqiy qoidalar mavjudki, ular o‘zbekligimizni namoyon qilib, qadrimizni bosh qa xal qlar oldida ko‘tarib turadi va milliy o‘zligiga xosligi bilan ajratib turadi. Oilada bolaning ongiga go‘dakligidano q o‘zgalar manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish, jamiyat manfaatini shaxsiy manfaatdan ustuvor ekanligini uning ongiga singdirib borish muhimdir. Oilaviy tarbiya mahorati bolada uni o‘rab turgan dunyoni fu q aro va vatanparvar sifatida ko‘rish va anglab etishni o‘rgatishda ko‘rinadi. Toki, bola o‘z atrofida, o‘z yonida bo‘layotgan vo qea va hodisalarga befar q qaramaydigan bo‘lsin, bolaligidano q bosh q alarning quvonchi va tashvishiga sherik bo‘lsin, ko‘nglidan o‘tkazsin. SHunda boladagi fuqarolik hissi axloqiy qadriyat sifatida uning tabiatiga singib ketadi.
Fuqarolik hissini bola ongida shakllantirish, uni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning bugungi kungi asosiy mezoni bo‘lib qolayotganligini to‘la xis qilish oilaviy tarbiyada muhim ahamiyatga egadir.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin