Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


MAVZU:MА’RIFАTPАRVАR O‘ZBЕK PЕDАGОG-ОLIMLАRI ОILА TАRBIYASI ХUSUSIDА. XX АSRDА ОILА TАRBIYASIGА DОIR YONDАSHUVLАR VА ULАRNING MОHIYATI



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə9/93
tarix20.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#145825
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
Pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pe-hozir.org (1)

MAVZU:MА’RIFАTPАRVАR O‘ZBЕK PЕDАGОG-ОLIMLАRI ОILА TАRBIYASI ХUSUSIDА. XX АSRDА ОILА TАRBIYASIGА DОIR YONDАSHUVLАR VА ULАRNING MОHIYATI.

Reja:


  1. Mа’rifаtpаrvаr o‘zbеk pеdаgоg-оlimlаri оilа tаrbiyasi хususidа.


  2. XX аsrdа оilа tаrbiyasigа dоir yondаshuvlаr vа ulаrning mоhiyati.


Tayanch tushunchalar: Mа’rifаtpаrvаr, o‘zbеk pеdаgоg-оlimlаri ,оilа tаrbiyasi, XX аsr, yondаshuvlаr, mоhiyati.
Oilada shaxsni axloqiy shakllantirish bolaning tug‘ilishidan boshlanadi. U ko‘pgina omillar ta’sirida tarkib topadi. Bu omillar oilaviy munosabatlar harakteri, ota-onalarning namunasi, ulardagi umumta’lim darajasi, umummadaniy saviyasi, hamda ularning pedagogik madaniyati va nihoyat oilaviy hayotning tashkil etilishidan iborat.

Bu omillar oilada bolani axlo qiy tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi va ular bir qator peadagogik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Bular q uyidagilardan iborat:


  1. Ayrim oilalarda bolalarning tarbiyasi fa qat onalar zimmasida, ota esa bu ishdan o‘zlarini chetga oladilar. Go‘yo farzandlarini bog‘cha, maktab tarbiyalab berishlari shart. Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, q adimdan o‘g‘il bolalar tarbiyasi bilan otalar, q iz bola tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanganlar, ammo ular asosan erkaklar nazoratida bo‘lgan;


  2. Ota-onalar bolalarga birdek munosabatda bo‘lishlari, bir xil mehribon va g‘amxo‘r, talabchan va q atti q q o‘l bo‘lsalar bolalar hayoti butun va mukammal bo‘ladi. Biri talab qilganda, ikkinchisi yonini olsa tarbiya buziladi. Bolalariga xaddan tash q ari mehribonchilik qilayotgan ota-onalar ularni xurmat qilishdan oldin, o‘zlarini ham xurmat qilishni o‘rgatishlari zarur;


  3. Ko‘pgina ota-onalar bolalarini tarbiyalash borasida o‘z vazifalari va burchlarini to‘la xis qilmaydilar. Bosh q acharo q aytganda ularda pedagogik tayyorgarlik etishmaydi. Zotan oilaviy tarbiya, avvalo ota-onalarning o‘zlarini-o‘zlari tarbiyalash demakdir. CHunki bola ayni paytda ta’sir ob’ekti va sub’ektidir. Biro q ota-ona bola ana shunday ob’ekt ekanligini sezmasligi uchun harakat qilishi kerak. Ammo barcha ota-onalar ham buni tushunib ea olmaydilar;


  4. Oila hayotini to‘g‘ri tashkil qilish, oilada sog‘lom axloqiy muhitni yaratish lozim. Bu ishda hech qanday mayda-chuydalar bo‘lmasligi kerak. Har bir narsa bolaga ta’sir q iladi. Ana shu ta’sir natijasida salbiy yoki ijobiy odatlar, turlicha xul q -atvorlar paydo bo‘ladi. Ota-onalarning har bir xatti-harakatini bolalar kuzatib turadi. SHuning uchun bolaga u yoki bu ishni qil yoki qilma deb nasihat q abilidagi o‘rgatish yo‘li bilan tarbiyalayman, deb o‘ylamaslik kerak;


  5. har bir ota-ona bolasini barkamol inson bo‘lishini istaydi. Farzandini ana shunday inson bo‘lishidan nafa q at ularning o‘zi, balki jamiyat ham manfaatdir. Ota-onaning fu q arolik burchi ham shuni ta qozo etadi. SHunga ko‘ra har bir ota-ona, eng avvalo mamlakat uchun bo‘lajak fu qaroni tarbiyalayotganini unutmasligi lozim;


  6. Ota-ona shaxsining o‘zi bola tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi. Ularning o q ilona o‘gitlari, pand-nasihatlarining hech biri, ularning shaxsiy namunasi o‘rnini bosa olmaydi. Bolalarning axloqiy fazilatlarini tarkib topishida, oiladagi o‘zaro ahllik, halollik va rostgo‘ylik, o‘zaro ishonchning mavjudligi, umuman sog‘lom axlo qiy muhit muhim ahamiyatga ega;


  7. Oilada bolalarni sevish, ularning shaxsiyatini hurmat qilish va hech q achon ularni izzat-nafsiga tegmaslik zarur. Bunday jazolash usuli bola nafratini kuchaytiradi. Har qanday g‘amxo‘rlik talabchanlik bilan olib borilgani ma q sadga muvofi qdir;


  8. har bir oilada uning o‘ziga xos bo‘lgan an’analari mavjud bu an’analar bola ongiga, uning xul q-atvoriga juda kuchli ta’sir qiladi. Masalan: oila a’zolarining tug‘ilgan kunlarini o‘tkazish, qarindosh urug‘lar xolidan xabar olish va hokazolar;


  9. Bola tarbiyasida ota-onaning ishxonasidagi, mahalla va qo‘ni- qo‘shnisi oldidagi obro‘yi ham katta rol o‘ynaydi va bolalarida ularga nisbatan faxrlanish hissini uyg‘otadi. Ular shu ruhda tarbiyalanadilar.


SHunday qilib, oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va ta’sir qilish omillari mavjud. Bularni hisobga olmasdan turib, bola tarbiyasini oilada yaxshi yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Buning uchun avvalo ota-onalarning o‘zlari tarbiyalangan bo‘lishlari lozim.


Ota-onalarning butun hayoti, ularning fu q arolik q iyofasi, ma’naviy dunyosi bola tarbiyasining negizini tashkil etadi. Zotan ota-ona bolalari uchun aziz va mu qaddas kishilardir. SHu sababli ularga ta qlid qiladilar, ularga o‘xshashga intiladilar.
Oiladagi tarbiyani yu q oridagi xususiyatlarini hisobga olish, bolani axlo qiy jihatdan tarbiyalashda, milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning mohiyatiga, uning o‘ziga xosligi va ahamiyatini tahlil qilishga yordam beradi.
Milliy musta qillik sharoitida jamiyatning ijtimoiy – siyosiy, i qtisodiy va ma’naviy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar tabiiy ravishda va qonuniy tarzda xal q ning ravno qiga yo‘l ochdi, musta q illikni mustahkamlashga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Natijada bu tarixiy jarayonlar oilada bola tarbiyasida ham o‘z aksini topa boshladi. Buning uchun ota – onalarning o‘zida milliy qadriyatlarga nisbatan munosabat o‘zgarmog‘i lozim. Ular bolalarni ota-bobolarining pand-nasihatlari, o‘gitlari, tajribalari asosida eng yaxshi va olijanob an’analar ruhida tarbiyalab kelganlar.
Ularning dono fikrlari, turmush sabo q lari davrlar g‘alviridan o‘tib, saralanib bizgacha etib kelgan. Lekin hozirgi kunda o‘zbek oilalarida bola tarbiyasi borasida salbiy holatlarni uchratish mumkin. Masalan: ayrim ota-onalar farzandlarini bemehrligidan nolishadi. YOmon yo‘lga kirib ketgan farzandlari xususida ko‘pchilik ota-onalarning fikrlari bir xil: “o‘z bilganidan qolmaydi, hurmat qilishni bilmaydi . . .”. Xo‘sh, o‘sha bemehr bolaning otasi yoki onasini tarbiyali desa bo‘larmikan? Ishdan so‘ng, dam olish kunlari ota choyxonada, ona mehmondorchilikda bo‘lsa. Ayni qsa ota ham ona ham “ishbilarmonlik”ga shung‘ib ketib, go‘yo bola ha qida tinmay qayg‘urib, boshini har eshikka urayotgan bir paytda, oilada bola tarbiyasi bilan kim shug‘ullanadi?.
Tarbiyasi og‘ir bolalarni ko‘payib borayotgani sir emas. Buni kelib chi qishini Ichki va tash q i sabablari mavjud. Ota-onasi, qarindosh-urug‘i bo‘la turib, gohida bolalar “bolalar uyi”ga topshirilmo qda. Qachondan beri bizning xal qimiz “bolalar uyi” degan atamani q o‘llay boshladi?
“O‘nta bo‘lsa o‘rni bosh qa” deya bir etak farzandni tarbiyalab voyaga etkazgan ota-bobolarimizning siri nimada ekan?
Ko‘p bolali bo‘lish, bolajonlik qilish o‘zbeklarga xos milliy xususiyat hisoblanadi. Bugungi kunda ana shu milliy xususitya kelajak avlodni axloqiy jihatdan tarbiyalashda juda qo‘l keladi. Negaki oilada aka-ukasini, opa-singilisini etaklab katta qiladi, bilganini o‘rgatadi. o‘sib ulg‘ayganlarida esa bir-birini qo‘llab quvvatlaydi, bir-biriga yordam beradi. SHaxsda jamoatchilik hissini shakllantirish ana shu ko‘p bolali oilalardan boshlanadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p bolali oilalarda ko‘pincha mehnatsevar, o‘zaro ino q va a qlli-xushli, axlo q -odobli farzandlar o‘sar ekan.
Keyingi va qtlarda jamiyatimiz hayotida ayrim salbiy holatlar ham ko‘zga tashlanmo qda. Afsuski, bugungi bozor i qtisodiyotiga o‘tayotgan serg‘alva sharoitda ayollarimizning ma’lum qismi, tog‘ni o‘rsa tal qon qilgudek erlari uylarida turib, “ishbilarmonlik” bahonasi bilan shahrma-shahar turli-tuman ashyolarni sotib yurishmo qda. Hatto sarson-sargardon bo‘lsalar ham ayrim xorijiy mamlakatlarga ham “sayohat” qili, borib kelayaptilar. Ularning ayrimlari engil-elpi yo‘llarga kirib ketayapdilar. Bu bilan o‘zbek ayollari nomiga isnod keltirmo qdalar.
Ayrim ayollarimiz “gap” o‘ynashib, tonggacha maishatga berilib ketayotganliklari, mehmonxonalar atrofidagi engil oyo q ayollarning qilmishlari jamiyatimizni ma’naviy-axlo qiy muhitini buzmo qda. Ana shunday engil-elpi hayot kechirish – “ish qi” bilan yashayotgan bunday ayollarning uylarida qolgan farzandlarining tarbiyasi nima bo‘ladi? Murg‘ak qalbi, jajji vujudiga nopoklik, xaromxo‘rlik ilk bor ona suti bilan birga kirgan beguno q go‘daklar kelajakda sog‘lom fikrli, ma’naviy-axlo qiy inson bo‘ladilar deb hech kim kafolat bera olmaydi.
Ana shunday “yumushlar” bilan band bo‘lgan ayollarimiz kasofati tufayli gulday oilalarning buzilib ketishi, g‘aribxona hamda etimxonalarning ko‘payishi, ayollarning onalik xu qu qidan mahrum bo‘lishi, moyib-majruh, a qlan va jismonan nosog‘lom, nogiron farzandlarning dunyoga kelishi kabi hollar sodir bo‘lmo qda.
Bola tarbiyasini o‘z xoliga tashlab q o‘yib bo‘lmaydi. Agar shunday qilinsa uning kelajagi barbod bo‘ladi. SHaxsning ma’naviy tubanlashuvi nafa q at uning butun zurriyotiga, balki yon-atrofdagi nosog‘lom muhitni paydo bo‘lishiga olib keladi. CHunki har qanday odam o‘z naslining davom etishi ko‘p jihatdan farzandlariga ham bog‘li q ekanligini yaxshi biladi. Unga ijobiy ma’noda katta ahamiyat berilishi esa farzandlarning salbiy ta’sirlarga berilib ketishining oldini oladi.
Har bir ota-onaning obro‘si ma’lum bir ma’noda farzandlarining kamolatiga ham bog‘li q bo‘ladi. SHunga ko‘ra oilani mustaxkamlashga asoydil kirishgan va o‘z naslini pok sa q lagan millatnigina isti q boli porlo q bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya ishlariga jiddiy e’tibor bermagan jamiyat, oila oxir-o q ibatda ma’naviy q ashsho q bo‘lib q olaveradi.
Urf-odatlarimizga ko‘ra o q harir libosda “yor-yor” sadolari ostida bosh qa bir xonadonga farzand bo‘lib, kelayotgan qiz hayo, ibo, iffat, nomusi bilan kelmog‘i zarur. SHu bilan birga u ota-onadan ro‘zg‘or yuritish, oila tutishning o‘ziga xos siru asrorlaridan ta’lim olmog‘i ham kerak. Qiz bolaning baxti uning axloqodobi mevasidir. SHirin so‘zlik, samimiylik, sermulohazalik, go‘zal xul q, yaxshi muomala, saronjom-sarishtalik qiz bolaning ko‘rkidir. Uning ko‘rkiga ko‘rk q o‘shuvchi, odamiylik fazilatlarini zebo q ilib boruvchi ota-onadir. Ota-onaning pand-nasihatlarini dillariga jo qilgan yigit- qizlar hayotda qo q ilmaydilar, qiyinchiliklarga sabrli, bardoshli bo‘ladilar. Ularning kelgusi hayot yo‘llari ham porlo q bo‘ladi.
Bir kuni Lu qmoni hakim o‘tib ketayotsalar, bir ona q iziga nasihat q ilib, yaxshi odatlarni o‘rgatayotgan emish: “ qizim sen ham balog‘at yoshiga etib qolding. Ertaga birovning xasmiga borasan, menikiga esa mehmonga kelasan, xolos. Sen yaxshi hayot kechiraman, obro‘ e’tiborli bo‘laman desang, qaynonangni hurmat qil. hammadan erta tur! hammadan kech yot! qo‘ling egri bo‘lmasin, boshinga qilich kelsa ham rost gapir. YOlg‘onchi, cha qimchi, ikkiyuzlamachi, g‘iybatchi bo‘lma, qo‘lingdan keladigan xizmatingni ayama, kelgan mehmonni izzat-hurmatini joyga qo‘yib kuzat. Oila a’zolaringni birovga yomonlama, ziyrak, dono, a qlli bo‘l! Kuyovingni hurmatini joyga qo‘y, ko‘chadan kelganida kutib ol! Ketganida kuzatib qo‘y. Boriga shukur qil, sabr-to q atli chidamli bo‘l! Salomni kanda qilma. SHundagina baxt sening yo‘ldoshing, g‘am-tashvish esa kundoshing bo‘ladi” debdi.
SHunda Lu q moni hakim “Ona ko‘rib qizol q irg‘o q ko‘rib bo‘z ol!” deganlari shu bo‘lsa kerak deb, yo‘llarida davom etgan ekanlar.
Xulosa qilib aytganda, farzand ko‘rib, ularni tarbiyalab, kishilarga, jamiyatga halol va fidoiylarcha xizmat qilishga qadar shaxslarni shakllantirish har bir ota-onaning ijtimoiy, ma’naviy burchi sanaladi.
Oilada bolalarni axlo qiy tarbiyalashning usullarini xal q pedagogikasida manbalaridan o‘rganishimiz lozim. Jumladan, tushuntirish, namuna ko‘rsatish, odatlantirish, iltimos qilish, tilak-istak bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish, ko‘ndirish, undash, ma’ q ullash, rahmat aytish, duo qilish, ol q ish, ta’na qilish, koyish, qarg‘ash, qo‘r q itish, uzr so‘rash, la’natlash, so‘kish, urish, kaltaklash kabilar. Lekin insonni axlo qiy tarbiyalashda eng kuchli tarbiyaviy vosita sifatida o‘git-nasihat, ibrat ko‘rsatish, ma’ q ullash va ma qtash, mukofotlash kabilardan foydalanish samarali natijalar berishi kuzatishlardan ma’lum. Xal q pedagogikasi materiallarida uchraydigan axlo qiy tarbiya vositalari ichida:

  1. bolalar o‘yinlari;


  2. choyxo‘rlik – choyxona gurungi;


  3. bolalar gapi – gap – gashtak;


  4. bolalarni kattalar bilan birgalikda.


    1. to‘y marosimlari – beshik, to‘yi, sunnat to‘yi, nikoh to‘yi, hovli to‘yi.


    2. sayllar – dala sayli, gul sayli, qovun sayli


    3. yig‘in tomosha, tug‘ilgan kunni nishonlash, yigit bazmi, qiz bazmi, kelin salom, ulo q , poyga, kurash


    4. aza ma’rakasi


    5. safarga chi q ish


kabilar ha q ida bolalarga ma’lumot berish va ana shu vositalar asosida farzandlarimizni axloqiy tarbiyalash katta ahamiyatga ega. CHunki bolaning ijobiy yoki salbiy xatti harakati ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi va ular tomonidan baholanadi. Bir qancha ota-onalar ham o‘z o‘g‘il- qizlarini to‘y-hasham va ma’rakalarga aralasha boshlaganidan keyingina ulardan salbiy yoki ijobiy sifatlarni pay q ay boshlaydilar. Bunday xol ota-onalarning bolalariga singdirilgan tarbiyalariga xulosa yasashga yordam beradi.


Oilada bolalarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘laniladigan eng xarakterli usullardan biri, xal q donishmandlarining axloqva odob yuzasidan aytiladigan hikmatli so‘zlari, ma qollari, u yoki bu ertak or qali hal qilinishi kerak bo‘lgan muammo sifatida ishlatilishidir. Ani q rog‘i axlo q -odob masalalariga bag‘ishlangan xal q ma q ollarining na q adar hayotiy ekanligini ma’lum ertak or qali aytib berilishidir.
Ko‘pchilik ertak, dostonlarda ota-ona va keksalarning turmush tajribalarini ifodalash bilan birga yoshlarni unga bevosita amal qilishlariga undaydigan maslahat va pand-nasihatlar ham asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Masalan: “ qarasoch pari” ertagida ona o‘z o‘g‘li Nodirni safarga jo‘natishdan oldin shunday deydi: “Mening uch nasihatimni esingdan chi qarma, birichisi – birovga xiyonat q ilma, ikkinchisi – birovning dilini og‘ritma, uchinchisi – qaysi shaharga borma, eng avval o‘sha shaharning qariyalari bilan suhbatlashib ish qil”. Mazmunida nasihat qiladi. Nihoyat ona nasihatiga amal qilgan farzand bir umrga murod-ma q sadiga etib yashaydi.
Xal q og‘zaki ijodiyotining barcha janrlarida bolani atrofidagi kishilarga yordamlashish, hamdardlik qilish ruhida tarbiyalash g‘oyalari o‘rtaga tashlanganini ko‘ramiz. o‘zbek xal qi o‘rtasida kundalik ehtiyojga aylangan amaliy san’at turlaridan o‘ymakorlik- yog‘och, ganch va mis o‘ymakorligi, zargarlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, kulolchilik, milliy liboslarni tikish kabilar o‘zbek oilalarida birinchidan, moddiy ehtiyojni qondirish bo‘lsa, ikkinchidan, farzandlarni mehnatga o‘rgatishda, bo‘sh va q tdan unumli foydalanishni tarbiyalashda muhim tarbiya vositasi sifatida foydalanib kelingan. Tajribadan ma’lumki, bolalarni ma’naviy-axlo qiy tarbiyalashda milliy musi qa, qo‘shi qlar muhim o‘rinni egallaydi. CHunki barchaga ayonki, musi qa tarbiya manbaidir. Masalan: Alla o‘zbek xal qining qadimiy, muhim tarbiyaviy harakterga ega bo‘lgan qo‘shi q turlaridan biridir. Ona allasidan bahramand bo‘lmagan bola qalbida ota-onaga, Vatanga nisbatan mehr-muhabbat hissi bo‘lishi qiyin. Alla aytmagan yoki alla eshitib katta bo‘lmagan qiz bola bo‘lmasa kerak. Alla tinglab katta bo‘lgan boladan ota-onaga nisbatan o‘zgacha muhabbat, hurmat hissi shakllanadi. Keksalarning aytishicha, san’at insonlarni yovuzlikdan sa qlab qolar ekan.
Ota-bobolarimizdan meros qolgan chiroyli va ramziy ma’noga ega bo‘lgan urf-odatlarni bilish, bevosita ularda ishtirok etish va aynan ana shu urf odatlarning o‘tkazish tartibini bilish yoshlarni ma’naviy-axlo qiy shakllanishida muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Bunday malaka va ko‘nikmalarni yoshlarda tarkib toptirish vazifasi avvalo ota-onaga oilaga yuklatiladi. Oilada ota-onalar farzandlariga mehmonnavozlik malakalarini o‘rgatish bilan birga, bevosita mehmonda o‘zini qanday tutish, ov q atlanish, so‘zlashuv odoblarini ham o‘rgatib boradilar. Ayni q sa ov q atlanish odobini o‘rgatishlari juda muhimdirki, bu birinchidan, bolaning salomatligini ta’minlasa, ikkinsidan me’yorga qarab ov q atlanishga o‘rgatadi, uchinchidan badnafslikdan qaytaradi, to‘rtinchidan tejamkorlikga o‘rgatadi. SHu bilan birga insonlarni axloqiy jihatdan tarbiyalaydi.
Xal q imizda bolalarni axloqiy tarbiyalashda dasturxon atrofi eng qulay joy sanalgan. Bu erda katta yoshlilar farzandlariga pand-nasihatlar qilganlar. Nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligi tushuntirilgan. An’anaga ko‘ra ota-ona nasihatlarina bajarmaslik katta gunoh hisoblangan. Otaga tik bo q ma, oxirating kuyib ketadi, ota-onani rozi qilish kerak, deb bolani ongiga singdirib borilgan. Oxirgi o‘n, o‘n besh yillar ichida ota-onalar bilan bolalar o‘rtasidagi munosabat buzila boshladi, keksalarni, ota-onalarni hurmat q ilish zarurligi ha q idaga q adriyatlarimizga e’tibor berilmay q o‘ydi. Ayrim bolalar ota-onalaridan moddiy yordam ko‘rayotganligi uchun “hurmat” qiladigan bo‘lib qolishdi. Ota-onalarga nisbatan axlo q sizlik qilish, ularni xo‘rlash, qarovsiz qoldirish hollari ham uchrab turibdi. o‘zbek oilalarida bolani to‘g‘ri tarbiyalashda ularga axlo q -odob qoidalarini tushuntirishda ota-onalar oldiga avloddan-avlodga o‘tib qator talablar qo‘yilgan:
  • bolani hech kimga yomonlik qilmaslikga qo‘lidan kelgancha yaxshilik qilishga ko‘niktirish, uning ko‘ngliga muruvvat tuyg‘ularini solishga intilishni kuchli bo‘lishi;


  • bolani to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirib, o‘zlari ham shu yo‘ldan ketishlari; ota-onaning yaxshi odob, xul q egasi ekanligi, har bir xatti-harakatidan ko‘rinib turishi, bolalarga namuna sifatida xizmat q ilishi;


  • yaxshi deb bilgan ishni o‘zlari ishlab ko‘rsatishlari va bu ishning yaxshiligiga bolani ishlantirishlari;


  • bolani tarbiya qiladigan ota-onaning o‘zi to‘g‘ri so‘zli bo‘lishi;


  • bolaning qilayotgan yaxshi ishlariga qarab, o‘z darajasiga loyi q mukofatlash, xatoga yo‘l qo‘ysa tanbeh berish;


  • bolalar ota-onasining yuzlaridagi norozilik alomatlarini ko‘rib, uni jazo ekanligini bilsin, rag‘batlantirish me’yorida bo‘lishi kerak;


  • bolaning oldida odillik bilan, ustozlarcha ish olib borish axloqiy tarbiyaning eng muhim asoslaridan hisoblanadi.


Umuman, oilada bolalarga axloqiy tarbiya berishda milliy an’analarni ota-onalar to‘g‘ri tushunib olishlari, qaysi an’analar qanday ma qsad uchun hurmat qilishini yaxshi anglab etishlari juda muhim. CHunki tal qin etilgan an’analar, urf-odatlar mazmunini, avvalo ota-onalarning o‘zlari yaxshi o‘zlashtirib, kundalik xayotda qo‘llay olsalargina, farzandlariga uni ta’siri samaraliro q bo‘ladi. Mana shu ma’noda oilalarda o‘rnashib qolgan, o‘rganilgan, Respublikamiz turmush tarzida eng ko‘p qo‘llanilayotgan an’analar bilan birga, butun musta q illik sharoiti talablaridan ijobiy samara berishi mumkin bo‘lgan an’analardan o‘z xal qi va ona Vatani bilan faxrlanish, o‘z Vataniga mehr-muhabbat bilan qarash, o‘z Vatanining o‘tmishi va tarixiga cheksiz hurmat, o‘z xal qining milliy an’analarini e’zozlash, milliy ongi shakllangan, milliy e’ti q odli vatanparvarlarni tarbiyalash zarurdir.


Umuman olganda, tarbiya so‘zi aytilishi bilan inson ko‘z oldida oila namoyon bo‘ladi. Zero oila tarbiya maskanidir. SHunday ekan, ma’naviy-axloqiy tarbiya oiladan boshlanadi. o‘zbek oilasining ma’naviyati – o‘zbekning milliy g‘ururidir.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin