Oilaning ijtimoiy maqomi va uning turlari. Oila yahlit sestemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan muomolardan biri-bu oilaning jamiyatda moslashtirishdir (lotincha adabto-moslashish)yani oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda)hayot sharoitlariga moslashishi hisoblanadi. Moslashish jaroyoning asosiy harakteriskasi bo‘lib ijtimoiy maqomi ishtrok etadi yani oilaning jamiyatda. Moslashish jarayonidagi holati. Oilaning ijtimoiy moqomini aniqlash uchun uning bir qator tuzilishi funksanal harakteriskalari
hamda oila azolarning indiviktual hususiyatlarini bilish kerak
Oilaning tuzilishi harakteriskalari 1 Nikohli sheriklarning mavjudligi (to‘la rasman to‘la,to‘la,emas)
2 Oilaning hayotiy skli bosqichi (yosh, etuk, qari)
3.Nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy...)
4.Oiladagi avlodlar soni (bitta, yoki bir necha avlodlar)
5. Bolalar soni (ko‘p bolali, kam bolali...)
Oila a’zolarining individual xususiyatlari.
Bularga ijtimoiy-demografik, fiziologik, psixologik, oila katta a’zolarining patologik odatlari kiradi, hamda bolaning xarakteristikalari kiradi: yoshi, bola yoshiga munosib nutqi rivojlanganligi, jismoniy psixologik rivojlanish darajasi; uning qiziqishlari va qobiliyatlari; u beradigan ta’lim tashkilotlari, munosabat va o‘qitish muvaffaqiyatlari: o‘zini tutishdagi chetlashishlar, patologik odatlari, kutsiy va psixik buzilishlar mavjudligi.
Oila a’zolarining individual xususiyatlari uning tuzilishi av funksional ko‘rsatkichlaribilan birgalikda kompleks xarakteristikalarni tashkil etadi – oila statusi (lotincha status-holati, vaziyati)
Oilaning ijtimoiy moslashishi birligi tashkil etuvchisi – oilaning moddiy ahvoli.
Oilaning moddiy farovonligi, uning ta’minlanganligi bir necha miqdorli va sifatli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bular oilaning daromad darajasi, uning hayotiy sharoitlari, buyumlari mavjudligi (ya’ni oila ega bo‘lgan buyumlar) hamda uning a’zolarining ijtimoiy-demografik xususiyatlaridan iborat, bu oilaning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini tashkil etadi. Oilaning daromadlari darajasi, hamda turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past bo‘lsa (tirikchilik minimumi va boshqaalr) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan egulik, kiyim turar joyi uchun haq to‘lash talablarini qondira olmaydi, bunda oila kambag‘al hisoblanadi va uning ijtimoiy-iqtisodiy statusi (maqomi) – past hisoblanadi Agarda oilaning moddiy taminlanishi ijtimoiy normalar minimumiga mos kelar, ya’ni agarda ongli hayot kechirish uchun asosiy tartiblarni qondira olsa, lekin modiy mablag‘i dam olish, ta’lim va boshqa talablairni qondirishga etmasa unda bunday oila kam taminlangan hisoblanadi. Daromadi darajasi va yashash sharoiti yoqori bo‘lib (ijtimoiy normalardan ikki barobar ko‘p va undan ortiq)faqatgina asosiy talablairini qondirib qolmay yana hil hizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lsa bu oila moddiy ta’minlangan hisoblanadi, ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyga ega bo‘ladi. Oilaning ijtimoiy moslashish ikkinchi tashkil etuvchisining psihologik muhiti- oila azolari kayfiyati ularning hayotiy kechinmalari bir-biriga munosabati boshqa odamlarga, ishga atrofdagi hodimlarga qarashlari natijasi sifatida yozaga keladigan barqaror mustahkam emosional kayfiyatdir. Oilaning psihologik kayfiyati holatini baholash uchun er- hotinlar o‘rtasidagi bolalar va ota-onalar va yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi. Oilaning psihologik kayfiyati holati ko‘rsatkichlari quydagilar hisoblanadi. Emosional erkinligi darajasi havotirlanish darajasi bir-birini, tushinish hurmat qilish, qo‘lash, yordam ko‘ersatish hamdardligi bir-biriga tavsiri darajasi dam olish joyi (oilada yoki undan ) oilaning yaqin atrofdagilar bilan munosabatlarlari ochiqligi.Tenglik, huquqlik va hamkorlik prinsplarida qurilgan munosabatlar ma’qul hisoblanadi. Oilada bir-birining huquqlarini hurmat qilishadi. bir-biriga bog‘langanlik mavjud emayosonal yaqinlik his etiladi. Oilaning har bir a’zosi o‘zaro munosabatlar sifatidan hursand. Bularning bo‘lganholatda-oilaning ijtimoiy- psihologik mavqei yoqori baholanadi. Oilada nosog‘lom psihologik muhit er-hotinlar yoki ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi dimiy qiyinchiliklar va janjallar bo‘lgan holatda yuzaga keladi, oila a’zolari doim havotirda bo‘ladilar, o‘zlarini erkin his eta olmaydilar; oila a’zolari o‘rtasida begonalik hissi xkmron bo‘ladi. Bularning hammasi oilaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan – psixoterapevtik, ya’ni stresni yo‘qotish, jismoniy va ma’naviy kuchlarni tiklab olishi kabi vazifalarni bajarishga har bir oila a’zosiga harakat qiladi. Bunday holatda ijtimoiy-psixlogik muhiti past darajali bo‘ladi. SHu bilan birga yomon munosabatlari inqirozni, butunlay bir-birini tushunmaslik, bir-biriga dushmanlik, jahl bilan kuch ishlatish (jismoniy, seksual), ajratish istagi paydo bo‘lishi bilan ifodalanuvchi hoaltlarga aylanishi mumkin. Inqirozli munosabatlarga likollar: ajralish, bolaning uydan qochib ketishi, qarindoshlari bilan munosabatlari bo‘sh ifoda etilganda doimiy bo‘lmaganda oilaning oraliq holatida bo‘lganda oilaning ijtimoiy-psixlogik mavqei o‘rtacha hisoblanadi.