2.2. O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda mavzusini O’zbekiston tarixi darslarida o’quvchilarga o’rgatish usullari
I.Mavzu: O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixi yozma manbalarda
P.Maqsad: Ushbu mavzu orqali o’quvchilarga O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixining arxeologik ma’lumotlar va yozma manbalarda aks ettirilishi to’g’risida tushuntirish.
A)Darsning tarbiyaviy maqsadi.
Ushbu mavzu orkali o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
B). Dars jixozi: Dunyo siyosiy xaritasi texnika vositasi-grafaproyektor tarqatma materiallar mavzuga oid jadval.
V). Dars uslubi: Baxs-munozaralari.
Yangi pedagogik texnalogiya asosida.
Aqliy xujum-5d
Guruh bilan ishlash -10d.
O’tilgan va yangi mavzu. 15-d.
Amaliy mashg’ulot. 5-d.
Uyga vazifa. 5-d.
Tashkiliy kism:
III. Aqliy xujum.
Yunon-Rim tarixchilaridan kimlar O’rta Osiyoning qadimgi halqlari haqida ma’lumotlar bergan?
Javoblar doskaga yozib boriladi.
Geradot, Ktesiy, Strabon, Arrian, Kvint Kursiy Ruflar.
O’rta Osiyo qadimgi aholisi tarixining arxeologik ma’lumotlar va yozma manbalarda aks ettirilishi deb nomlangan birinchi bob uch qismga ajratib tahlil qilingan. Birinchi qismda O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlat tuzilmalari haqida so’z boradi. Ikkinchi qismda O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlar (mil.avv. IV asrdan milodning IV asrigacha) tarixining arxeologik va yozma manbalarda aks ettirilishiga e’tibor qaratiladi. Uchinchi qismda esa “Avesto” – O’rta Osiyo tarixini o’rganish bo’yicha eng qadimgi yozma manba ekanligi eng so’nggi ma’lumotlar asosida tahlil etiladi.
O’qituvchi tomonidan berilgan javoblar izohlanadi.
IV.Yangi mavzu bayoni:
Vatanimizninig qadimgi tarixini yozma manbalarda aks ettirilishi.
Tarixdan ma’lumki kishilik jamiyati o’z tarixining ko’proq qismini yozuvsiz o’tkazgan. U yozuvga yetib kelguncha uzoq yo’lni bosib o’tgan va nutqni yozib olish uchun bir necha ming yil ilgarigina belgilar qo’llanila boshlagan. Odamning tajribasi va bilimi orta borgani sari unda bilganlarini yodda tutish va boshqalarga zarurati tug’iladi. Zamonaviy til bilan aytganda, axborotni saqlash va uzatish muommosi kelib chiqadi. Bu muommolarning yechimi esa, albatta voqyealarni yozma ravishda saqlashdan iborat bo’ladi.
O’zbekiston hududi ham Eron, Hindiston, Mesopotamiya, Yunoniston, Rim, Misr va Xitoy singari mamlakatlar kabi ilk madaniyat o’choqlaridan hisoblanadi. Lekin uning qadimiy madaniyati haqida ma’lumotlar juda kam saqlanib qolgan. Biz yurtimizning faqat miloddan avvalgi VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida ma’lum darajada yozma ma’lumotlarga egamiz.
V. Amaliy mashg’ulot.
Yurtimiz tarixini o’rganishda ekng qadimgi yozma manba? Degan savolga kiska, aniq javob yozish.
UI.Darsni yakunlash.
O’quvchilarni dars jarayonida faol ishtirok etgan o’quvchilarni va guruhlarni izoxli baholash.
Uyga vazifa
Mavzu ni o’rganish.
IV. BOB.
2.Mashg’ulot jarayonida o’quvchi faol shaxs sifatida o’zi mustaqil fikrlashi, bir hil mohyatli xodisalarni tushunib, tahlil etishi natijasida voqa-xodisalarda yashiringan ko’zga yaqqol ko’rinmaydigan ba’zi tafsilotlarni mustaqil ravishda ocha olish, xususiyliklarni umumiylikka birlashtira olish qobilyatini o’zida rivojlantirishi lozim. Shundagina, birinchidan o’quvchida dars-mashg’ulotga qizikish kundan-kunga ortib boradi.
Ikkinchidan, o’z shaxsiy tahlili natijasida hosil qilingan bilim, ko’nikmalar uning xotirasiga o’rnashadi.
Uchunchidan, mustaqil tarixiy-tahliliy usul bilan hosil qilingan malaka va ko’nikmalarni o’quvchilarning o’zi boshqa mavzularni o’zlashtirishda erkin fikrga ega bo’ladi.
O’qituvchi esa o’quvchilarning mustaqil fikrlashini, izlanishini, ijodkorligini boshqarib boradi.
O’qituvchining oldida to’rgan muxum vazifa ko’rgazmalar, tarqatma varakalar, turli krasvordlar, test savollari orkali o’quvchilarga mustaqil ish va topshiriqlar berish yuli bilan o’quvchilarning o’rganilayotgan davr mohiyatini mustaqil ravishda ochishlariga yunaltirishdan iborat. Fakat shu usul bilan o’quvchilarda mustaqil fikrlash ko’nikmalari va tarixiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish mumkun. Tarixni o’qitishda ta’limning turli metod va usullaridan baxs-mutyuzara, sud darsi, suxandonlik darsi, bilimlarni mustaxkamlash darsi, unumlashtirish darsi-noa’naviy darslarda uz urnida foydalanish yaxshi natija beradi67.
Dars jarayonida krassvord, chaynvord, xronorogik topshiriqlarning javobini topish, tarixiy loto, turli viktorina savollariga tugri javob topish, o’quv o’yinlari «Aqliy xujum», «Muzyorar», «Qarorlar shajarasi», «Yozma baxslar», «Mening fikrim» va xokozo usullardan foydalanish pirovord natijasi (Monitorinchi) o’quvchilarda quyidagi ko’nikma va malakani shakllantiradi.
1-bosqich
|
O’rganish
|
Esda saqlash
|
II-bosqich
|
Tushunib yetish
|
O’zlashtirganini isbot eta bilish
|
III-bosqich
|
Tahlil eta bilish
|
Qiyoslash, xulosa chiqarish, o’zaro bog’lash
|
IV-bosqich
|
Tadbik eta bilish
|
Qoida qonunini anglash va kullash
|
V-bosqich
|
Sintez
|
Axborotni ijodiy qayta ishlay olish
|
VI-bosqich
|
Baxo olish
|
Yangi bilimga o`tish
|
Bunday tizimda o’quvchi ham o’qituvchi ham mashg’ulot jarayoniga birgalikda ma’suldirlar.
Bu o’quvchiga «Sen buni bilishing kerak» degan majburlovchi da’vatdan «Menga bu zarur va men buni bilishga, uni tahlil kilib, xulosa chiqarishga kodirman» degan ichki ishonch va intilishni yuzaga kelishiga olib keladi.
Pedagogik texnologiya tanlashda va o’quv mashg’ulotiga joriy etishda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:
1.Konkret davr, bosqich uchun tanlangan usulning mos kelishi.
2.Ta’lim mazmuniga mos kelishi.
3.O’quvchilarning psihologik va fiziologik imkoniyatlariga mos kelishi.
4.Sinflarda tarkib topgan o’quvchilyar guruxining o’ziga xos tomonlarini hisobga olish.
5.Qo’yilgan maqsadga erishish uchun pedagogik jarayonni yaratish.
6.Mashg’ulot jarayoni davrida yuzash kelishi mumkin bo’lgan kiyinchiliklarni bartaraf etish tizimini ishlash chiqish o’quvchilardan tarixiy sharoitni yaxshi bilish, o’rganilayotgan voqyealarning sabab oqibatlari va ahamiyatini tahlil qilish hamda teran tushunish ko’nikmasini shakllantirishda dalillar bilan qonunyatlar yaqqollik bilan mahxumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o’rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur.
Bunda tarixiy muammolar bo’yicha fikr almashishga mo’ljallangan shchanlik o’yinlari ahamyatga ega. Bu o’yinni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.
avvalo ishchanlik o’yinining yunalishi va maqsadini aniq belgilab olish ;
ishchanlik o’yinining ssenariysini ishlab chiqish;
ssenariy bo’yicha o’quvchilarni tanlash va o’yin rollarini taqsimlash;
- o’yinni maqsad va rejaga mos holda boshqarib borish;
- o’yinni yakunlash, erishilgan natijalardan xulosa chiqarish jahon tarixining yangi va eng yangi davrlari tarixini o’qitishda o’rganilayapti, kutilayotgan o’quv davri (chorakla,. birinchi yarim yillik va o’quv yili yakuni) yoki o’quv mavzusi uchun, sinflar va fanlar kesimida kamida ikki variantda nazorat (test savollari, yozma ish materiallari va boshqalar) to’plamlar tayyorlanadi. Ishlab chiqilgan nazorat materiallari tanishtirish bo’limlari va sektorlarida jamlanadi, tizimga solinadi va monitoring jarayonida qo’llaniladi1.
Mazkur materiallardan umumta’lim maktablari rahbarlari ham maktab ichki nazorati doirasida foydalanish mumkin.
O’zbekiston tarixi uchun nazorat materiallarini tayyorlashda D.T.S. va o’quv dasturlarida ko’zda tutilgan va o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan asosiy bilim, ko’nikma va malakalar qamrab olinadi.
Variantlardagi birday raqamga ega savollarning har biri aniqlanayotgan bilim ko’nikma va malakalar ro’yxatiga mos ravishda o’zaro mutonosib ravishda tuzilishiga qat’iy etibor qaratish lozim.
Tayyorlangan nazorat ishlari variantlarni puxta tekshirib chiqilgan test kalitlari ya’ni nazorat ishlarining javoblari bilan ta’minlanadi.
Nazorat ishlari bo’yicha o’quvchi javoblarni qayd etish uchun «o’quvchining javob varaqasi» tayyorlanadi, javob varakasi fan o’qituvchisi tomonidan tekshirib yakunlanadi.
Manitoring tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad, o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarning paydo bo’lishi sabablarini o’rganish, shu asosda bo’shliqlarning paydo bo’lishini oldini olish va ta’lim samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli chora tadbirlar belgilash va ularning izchil amalga oshirishdir. Majburiy ta’lim minimumlarni to’liq o’zlashtira olmagan har o’quvchi bilan o’zlashtirilmagan bilim, ko’nikma va malakalar (BKM) ning elementlari bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar o’tkazish, vazifalar berish va nazorat qilish yo’llari orqali mavjud bo’shliqlarni bartaraf etishga erishishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2008.
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T., “O’zbekiston”. 2011.
O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “Davlat nashriyoti”.6-jild. T., 2003.
Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari.-T.: “O’qituvchi”, 2001.
Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T., “Sharq”. 2000.
Asqarov A. O’zbekiston tarixi. T., “O’qituvchi”. 1994.
Bertels Ye.E. Istoriya persidsko-tadjikskoy literaturы.- Moskva. 1960.
Boynazarov F. Antik dunyo. T., “Sharq”. 1996.
Vasiliy Yan. Qo’rg’on uzra gulxanlar. T., “O’zbekiston”. 2011.
Viktor Drachuk. Yozuvlar o’tmish sirlari shohidi. T., “O’zbekiston”. 1980.
Ziyotov Z. Shumerlar va turon qavmlari. T., “Mumtoz so’z”. 2012.
Mirkarim Osim. Jayhun ustida bulutlar. T., “G’afur G’ulom”. 1975.
Nosirov O’. O’zbeklar shajarasi. T., “Extremum Press”. 2012.
Og’a Burgutli. Tog’ sadolari. T., “Mehnat”. 1992.
Sulaymonova F. Sharq va G’arb. T., “Fan”. 1991.
Tohir Karim. Muqaddas “Avesto” izidan. T., “Cho’lpon”. 2000.
Xo’jayev A. Buyuk ipak yo’li. T., “Davlat ilmiy nashriyoti”. 2007.
Xodjaniyozov G’. Qadimgi Xorazm mudofaa inshoatlari. T., “O’zbekiston”. 2007.
Shamasutdinov R, Sh.Karimov. Vatan tarixi. T., “Sharq”, 2010.
Shoniyozov K. Qang’ davlati va qang’lilar. T., “Fan”. 1990.
Eshov B. O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. T., “Yangi asr avlodi”. 2012.
Eshov B. O’rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi. T., “Fan va texnologiya”. 2008.
Qadimgi O’zbekistonda buddaviylik va buddaviy meros. T., “O’zbekiston”. 2011.
Hamidjon Homidiy. Avestodan Shohnomagacha. T., “Sharq”. 2007. 13-bet.
Ta’lim taraqqiyoti jurnali. T, 2001, №3.
Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari. T, 1999.
“Fan va turmush”. 1993. № 3-4,
Dostları ilə paylaş: |