Pedagogika instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə3/58
tarix07.01.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#78698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
O’zbekiston respublirasi oliy va

topshiriq. Blits-so’rov:

  1. O‘zbek tiliga qachon davlat tili maqomi berilgan?

  2. O‘zbek tiliga kim asos solgan?

  3. O‘zbek tilining rivojiga hissa qo’shgan qaysi adiblarni bilasiz?

  4. O‘zbek tilining imlo qoidalari qachon yaratilgan?

  1. topshiriq. Savollarga javob bering:

  1. O`zbеk tiliga davlat tili maqоmining bеrilishi shartmidi?

  1. Vaqt o`tishi bilan jamiyatda tilga bo`lgan e`tibоr o`zgaradimi?

  1. Davlat tili haqidagi qоnunni bilasizmi?

  2. O`zbеk tilining bоshqa fanlar bilan alоqasi хususida хabardоrmisiz?

  3. Davlat tilini bilmay turib, uni rivоjlantirish mumkinmi?

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Fayzullayeva Sh., Azimova H., Usmonova G. O‘zbek tili (oily o‘quv yurtlarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: Iqtisodiyot, 2012.

  2. Husanov N., Xo‘jaqulova R., Dilmurodova N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: TMI, 2017.

  3. Lafasov O‘. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: TDSHI, 2017.

  4. Muhiddinova X., Salisheva Z., Po‘latova X. O‘zbek tili (oliy ta’lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O‘qituvchi, 2012.

  5. Normatova Sh., Abdurahmonova M. O‘zbek tili (darslik). – Toshkent: JIDU.2013



2-mavzu.O‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi: jamiyatdagi o‘zgarishlar va til rivoji.
Reja:
1. Til ijtimoiy funksiyasining tavsifi va tasniflanishi.
2. Jamiyatning turli sohalarida o‘zbek tili ijtimoiy funksiyalarining kengayishi.
3. Til ijtimoiy funksiyalari kengayishining so‘z semantik strukturasiga ta’siri.

Til ijtimoiy, emotsional, akkumulativ funksiyalarni bajaradi. Ijtimoiy funksiya eng muhim funksiya sanaladi. Kommunikatsiya orqali insonlar bir-biriga axborot yetkazadi, natijada jamiyatda o‘zgarishlar, taraqqiyot bo‘ladi. Til material birliklar tizimi, sistemasidir. Til birliklari (tovush, so‘z,


so‘z birikmalari, jumlalar) jamoa ongida shakllanadi. Kishilar til birliklari vositasida ma’lum fikr, hissiyot, kayfiyatlarini
konkret sharoitga, holatga, muhitga, situatsiyaga mos ravishda ifodalaydilar. Natijada, til harakatga keladi, amalda qo‘llaniladi, reallashadi, yani
nutq hosil bo‘ladi. Agar til muomalaning tarixan shakllangan ishoralar mexanizmi
bo‘lsa, nutq kishining fikr, hissiyot, kayfiyat, holat, istak hoxishi va
boshqalarni ifodalovchi konkret qoidalar asosida tuzilgan, tizimlangan, joylashtirilgan til ishoralaridir. Tilda hamma narsa qolipga, qoidaga, normaga solingan. Til jamoa mulki, umuminsoniy hodisa. Individ tili mavjud emas. Individlarning nutqidan tilga ma’lum hodisalar o‘tib boradi. Til ayrim shaxslarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda muomala jarayonida o‘zgarib,
rivojlanib boradi Til haqida tushuncha:
-tilning mohiyati; - til ijtimoiy hodisa; - til material hodisa;
-tilning tuzilishi; - til birliklari; - til funksiyalari;
-til haqidagi ta’riflar; - tilning paydo bo‘lishi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin