4-mashq. Pedagogik masala. 1-vaziyat. O’qituvchi dars yakunida o’quvchilarning baholarini e’lon qildi. O’quvchilarning 3 nafari «a’lo», 4 nafari «yaxshi» va 2 nafari «qoniqarli» baholandi. SHunda «qoniqarli» baholangan Alibekning kayfiyati tushib ketdi. CHunki u doimo «a’lo» baholar bilan o’qir edi. Aksincha, doim «qoniqarli» baho bilan o’qigan Nodirbekning «a’lo» baho olgani uchun kayfiyati juda yuqori. SHunda o’qituvchi Alibekning yonidagi o’rtog’iga « Nodirbekning onasi ham o’qituvchi bo’lganligi uchun ustoz unga «a’lo» baho qo’ydilar» degan gapini eshitib qoldi.
Topshiriq: a) vaziyatni baholang; b) o’qituvchi qanday yo’l tutishi kerakligini ayting; v) o’qituvchi qaerda xatoga yo’l qo’ygan? g) jamoadagi muhit o’zaro munosabatlarni qanday baholaysiz?
5- mashq.O’qituvchining o’quvchilarga ta’sirini o’rganish mashqi. Bu mashqda topshiriq mazmuni auditoriyaga notanish bo’lsa ishlash oson bo’ladi. O’qituvchi topshiriqlarni kartochkalarga yozib tarqatadi va tayyorlanish uchun vaqt beradi. Talabalar navbat bilan topshiriqlarni bajaradilar. Boshqalar mimikani o’qiydilar.
1-topshiriq. Sinfga kirdingiz. O’quvchilarning darsga tayyorgarligidan hursandsiz.
2-topshiriq. Sinfga kirdingiz. Sinf tartibsiz. Siz hayratdasiz.
3-topshiriq. Sinfga kirdingiz. O’quvchilar berilgan topshiriqni yaxshi bajarganlar. Siz ularga shunday deysiz…
4-topshiriq. Sinfga kirdingiz. O’quvchilar juda yomon ish qilganlaridan habardorsiz.
5-topshiriq. Siz qator oralab yurib o’quvchilar qanday ishlayotganlarini kuzatayapsiz. Ular yaxshi ishlayapti.
6-topshiriq. Qator oralab yuripsiz. Maqsadingiz o’quvchilar qanday ishlayotganini nazorat qilish.
7-topshiriq. Qator oralab yuripsiz. O’quvchilardan biri boshqa kunga qaraganda yaxshi ishlayapti. O’zi sezgan holda ta’kidlab o’ting.
8-topshiriq. Qator oralab yuripsiz. O’quvchilar qiynalayapti. Siz bezovtasiz. Hammada shunday qiyinchilik mavjud, hayrat bilan qaraysiz.