Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika


-mavzu. O‘qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi



Yüklə 7,35 Mb.
səhifə123/164
tarix09.09.2023
ölçüsü7,35 Mb.
#142269
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   164
MAJMUA umumiy pedagogika. milliy.g\'oy.tarix. mt

5-mavzu. O‘qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi.


Mashg`ulot rejasi:
1.Pedagogik muloqot haqida tushuncha.
2.Pedagogik muloqotning tuzilishi va metodlari.
3. Pedagogik muloqot uslublari. Muloqot madaniyati.
4. Pedagogik nizo va uning sabablari.
5. Pedagogik nizolarning oldini olish yo‘llari.


Pedagogik takt tushunchasi. Takt ahloqiy tushuncha bo’lib, u insonlarning o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, insonparvarlik g’oyalariga asoslangan bo’lib, andishali hulq, har qanday ziddiyatli vaziyatlarda ham inson hurmati saqlanib qolishini talab qiladi. Har bir insondan, ayniqsa o’qituvchidan andishali bo’lish talab qilinadi.
Boshqacha qilib aytganda, pedagogik takt bu o’qituvchining ta’lim oluvchilar oldida o’zini tutishni bilishi, ta’lim oluvchining holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali ta’sir yo’lini topa olishidir.
Pedagogik takt – o’qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo’lib, o’quv­chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o’tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg’ulari asosida o’rnatish o’lchovi, o’quv­chilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko’nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o’qi­tuvchining o’quv­chilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgi­lanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o’qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to’liq shakllanmagan, ta’s­irlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo’lgan murg’ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak.
Pedagogik odob” tushunchasi va uning namoyon bo’lish xususiyatlari. Odob deganda, rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an’analari negizida odamlar o’rtasida paydo bo’lgan muomala-munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi. Odob kishilarning amaliy xatti-harakatlari, muomala-munosabatlari ham deb qaraladi.
Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta’lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta’lim oluvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo’ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari yig’indisidir.
Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi. Biroq bunday yondashuv bir qadar cheklangan nuqtai nazar ekanligini ta’kidlash joiz. Zero, tarbiyachining kasbiy axloqi faqat tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti jarayonidagina namoyon bo’lmaydi, balki uning butun faoliyati davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Boshqacha aytganda, pedagog odobi tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining hayotiy tizimini anglatadi. Pedagog odobi tushunchasining mazmuni axloqiylik bilan birga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlarni ham o’z ichiga qamrab oladi.

Yüklə 7,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   164




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin