18- Seminar mashg’ulot. Yetuklik va keksalik (Gerontopsixologiya) davrining psixologik xususiyatlari.
Mshg’ulot maqsadi: Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari, yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari. Yetuklik davrining ijtimoiy-psixologik jihatlari.Gerontopsixologiya-keksalik psixologiyasi haqida umumiy tushuncha. Psixolog olimlarning keksayish davri haqida falsafiy fikrlari. Keksalik davrining o’ziga xos xususiyatlari. Biologik keksayish davridagi shaxs psixologiyasi. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari. Uzoq umr ko’ruvchilarning psixologik xususiyatlar o’rganib boorish. "B-B-B", metodi orqali mavzu yuzasidan mavjud bilimlari va yandi tug`ilgan savollar yuzasidan fikr almashishadi Test metodi o`tkaziladi (Uy, daraxt, havuz, qop, ilon, o`rdak); tahlil qilinadi. Seminar savollari: Gerontopsixologiya haqida umumiy tushuncha bering. Biologik keksayish qanday kechadi. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi haqida ma’lumot bering. Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari tushintirib o’ting. Uzoq umr ko‘ruvchilarning psixologik xususiyatlari sabablarini keltiring. Nazorat savollar: Gerontopsixologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanini ilmiy jihatdan S.Xoll asoslagan bo‘lsa-da, lekin bu yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida Mark Tulliy Sitseron ("Katta Katon yoki keksayish haqida" asarida), I.I.Mechnikov ("Optimizm etyudlari" kitobida), O‘rta Osiyo allomalari donolik, donishmandlik haqidagi durdonalarida falsafiy fikr va muyaohazalarni bildirganlar. Amerikalik psixolog S.Xoll (1846— 1924) "Keksayish" monografiyasida amaliy va metodologak ahamiyatga molik qator g‘oyalarni ilgari surgan. O‘sha asar keng ilm ahli ichiga tez yoyilishiga qaramay, uning izdoshlari birdaniga ko‘paymadi.
Mashg’ulot metodlari: SWOT, Aqliy hujum, B-B-B, Munoza, Guruhiy shakllarda D.Veksler tavsiya qilgan formulaga binoan har qanday Yoshdagi shaxsning akdiy kamolot darajasini mazkur Yoshga munosib tarzda ishlab chiqsa bo‘ladi. Buning uchun muallif aql koeffitsienti atamasidan foydalanadi:
AK= ─?100